jihatdan bir tovush, leksik jihatdan so‘z yoki morfemik jihatdan
qo‘shimcha sanaladi.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Fonetik hazil
Tilning tilsimoti – haqning qudrati,
Undagi har unsur hikmatga ega.
Har bitta birlikka vazifa tayin,
Istalgan vosita qiymatga ega.
Bilsangiz, unlilar tizimchasini,
Oltovlon birlashgan bir vujud erur.
Ortiq yo kam degan kalom yo‘q bunda,
Haqiqat amri-la ul mavjud erur.
Har bitta unlida ikki belgi bor,
Juftlik tamoyili ularga tandir.
Baqamti yashaydi zotiy belgilar,
Bir unli ul juftga ayni vatandir.
Lablangan har birlik lablanmagandan
Farq qilib turadi o‘z borlig‘ida.
Quyimi, o‘rtami yoki yuqori –
Faqat qo‘sh belgi bor til yorlig‘ida.
Ikki va uch belgi ko‘paytmasidan
Unlilar miqdori tayin bo‘lgandir.
Belgilarning soni o‘zgarsa, balki,
Miqdor saqlanishi qiyin bo‘lgandir.
Tilning fonetik sathi eng barqaror sath hisoblanadi. Ming
yillarda ham sath birliklari tarkibida o‘zgarish bo‘lmaydi. Leksik
va grammatik sathlar tarkibida o‘zgarishlar bo‘lib turadi. Lekin
fonetika o‘ta barqarorligi bilan xarakterlanadi.
36