chi = so‘roq, taajjub bildiruvchi morfema], [kitob =
varaqlaridan tashkil topgan, muqovalangan, bosma yoki
qo‘lyozma holdagi o‘qish quroli]) shart emas. Shu boisdan qolip
haqida gap ketganda, uning shakl tomonini qayd etish kifoya
qiladi.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Rimliklar bahsi
Darsliklar har doim ham sevimli bo‘lavermaydi. Lekin rus
olimi Aleksandr Aleksandrovich Reformatskiyning rus tilidagi
“Tilshunoslikka kirish” kitobi, mana, bir necha talabalar avlodining
sevimli darsligiga aylanib qolgan va shunga munosib ham. Uning
til birliklari tavsifi bag‘ishlangan bir parchani keltirish bilan
fikrimizni asoslaymiz.
“Til strukturasiga qanday birliklar kirishini aniqlash uchun
quyidagi tahlilni keltiramiz: ikki nafar rimlik “kim eng kichik
jumla ayta oladi” degan masalada bahslashib qolishibdi. Shunda
biri debdi:
– Eo rus (“Men qishloqqa!”).
Ikkinchisi debdi:
– I (“Boraver”)!
Bu eng kichik, shu bilan birga, barcha jumlalarga xos belgilarga
ega bo‘lgan to‘la ma’nodagi tugal jumla. Xo‘sh, bu jumlaning
elementlari qaysilar?
41
1)
Do'stlaringiz bilan baham: |