Baxtiyor mengliyev
so‘zni keyingi fe’lga tobelash
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
so‘zni keyingi fe’lga tobelash” lisoniy sathda mavjud. Bu
morfema nutqdagi Kitobni o‘qidim gapida qo‘shimcha sifatida voqelangan bo‘lib, uning mazmuniy tomoni – “oldingi kitob so‘zini keyingi o‘qidim so‘ziga tobelash” grammatik ma’nosidir. Lisoniy sathda so‘z yasovchi (derivatsion) morfemalar va grammatik morfemalar guruhi mavjud. Ularning nutqdagi ko‘rinishlari lison va nutq bo‘linishiga mos ravishda so‘z yasovchi qo‘shimcha va grammatik qo‘shimcha deb nomlanadi. Mustaqil o‘zlashtirish uchun Yana tilning sistemaviyligi haqida Rus tilshunosi Dmitriy Nikolayevich Ushakov “Til haqidagi fanga qisqacha kirish” kitobida yozishicha, so‘z leksik va grammatik qismlarga bo‘linishi uchun ikki talabga javob berishi kerak. Birinchidan, grammatik qism ushbu ma’nosi bilan boshqa so‘zlarga ham qo‘shilib kelaverishi kerak. Ikkinchidan, so‘z ushbu ma’nosi bilan boshqa grammatik shakllarni o‘ziga biriktira olishi kerak. Masalan, qo‘lim so‘zi qo‘l+im tarkibiy qismlarga -im qo‘shimchasi oyog‘im, qulog‘im, tirnog‘im, barmog‘im, sochim, 39 kitobim kabi so‘zlarda uchraganligi uchungina emas, balki qo‘l so‘zi qo‘llar, qo‘lni, qo‘l bilan, qo‘ldek kabi so‘zlarga asos bo‘lganligi uchun ham ajratiladi. Agar bu asoslardan biri bo‘lmasa ham, so‘z tarkibiy qismlarga ajralmaydi. Masalan, shilqim so‘zidagi -im qo‘shimchasi qo‘lim so‘zidagi -im qo‘shimchasining vazifasini bajarmaydi. Bitta grammatik shakl birgina so‘zga, bir so‘z birgina grammatik shaklga ega bo‘la olmaydi. Olim tilning sistema ekanligini shunday asoslaydi. O‘tgan asrning 20-yillarida tilning sistema ekanligini asoslashda bunday yondashuvlar kam uchraydigan holatlardan edi. Shuning uchun u o‘z davrida eng dong taratgan fikrlardan edi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling