Baxtiyor mengliyev


Muntazam  (proporsional)  ziddiyat


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Muntazam  (proporsional)  ziddiyat.  Muntazam  (proporsional) 
ziddiyatda  bir  belgi  juftlangan  turli  birliklar  uchun  ziddiyat 
ko‘rsatkichi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Masalan,  “jins”  belgisi  ota-ona, 
aka-opa,  singil-uka,  tog‘a-xola  lug‘aviy  zidlanishlari  uchun 
umumiy. Lekin ular bu belgini o‘z-o‘zicha “bo‘lib olishadi”. “jins” 
belgisini  [aka]  leksemasi  “erkak”,  [opa]  leksemasi  “ayol” 
ko‘rinishida xususiylashtiradi. 
Darajali  ziddiyat.  Darajali  ziddiyat  a’zolari  kamida  uchta 
bo‘lib, ziddiyat belgisining o‘sib borishiga ko‘ra a’zolar qator hosil 
qiladi.  Masalan,  tilning  ko‘tarilishiga  ko‘ra  unli  fonemalar 
darajalanishi  quyidagicha:  [a]  –  [e]  –  [i]  yoki  [o]  –  [o‘]  –  [u]. 
Bunda  belgi  birinchi  a’zoda  kuchsiz,  ikkinchi  a’zoda  o‘rtacha  va 
keyingi a’zoda kuchli yoki aksincha bo‘lishi mumkin.  
Darajali  ziddiyat  ham  barcha  sath  birliklarida  uchraydi. 
Masalan,  leksikada  [ninni]  –  [chaqaloq]  –  [go‘dak]  – 
[bola]...,[turq]  –  [bashara]  –  [bet]  –  [yuz]  –  [chehra]...
morfologiyada  harakat  nomi  –  sifatdosh  –  ravishdosh  (“fe’lni 
o‘zgalash darajasiga ko‘ra” belgisi asosida) kabi.  
70


А’zolari  miqdoriga  ko‘ra  ziddiyat  ikki  a’zoli  (binar)  va  ko‘p 
a’zoli  ziddiyatga  bo‘linadi.  Masalan,  noto‘liq  ziddiyat  ikki  a’zoli 
(binar), darajali ziddiyat esa ko‘p a’zoli (ternar) ziddiyatdir. 
Lisoniy birliklar orasidagi ziddiyatlarni to‘g‘ri anglash va idrok 
etish ular mohiyatini aniq tushunish va talqin qilishning asosidir.  
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling