Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Ilk so‘zlarning paydo bo‘lishida fonetik omillar 
Tilning  paydo  bo‘lishi  va  so‘zlarning  paydo  bo‘lishi  boshqa-
boshqa  hodisa.  Bugungi  kunda  paydo  bo‘layotgan,  qanday  paydo 
bo‘lganligi  bizga  ma’lum  so‘zlar mavjud  nazariyalar  tilning  emas, 
balki  so‘zlarning  paydo  bo‘lishiga  daxldor  ekanligini  ko‘rsatadi. 
Ayrim  so‘zlarning  taqlid  asosida,  boshqasining  ijtimoiy  kelishuv 
asosida  paydo  bo‘lganligini  hech  kim  inkor  qilmasligi  ham 
fikrimizni tasdiqlaydi.  
Insoniyatning  umrini  ham  inson  umriga  qiyoslash  mumkin. 
Insonda  go‘daklik,  bolalik,  o‘spirinlik,  o‘smirlik,  o‘rta  yoshlik  va 
keksalik  bo‘lganligi  kabi  insoniyat  ham  shakllanish  va  undan 
keyingi  davrlarga  ega.  Ma’lumki,  bola  nutqining  psixolingvistik 
xususiyatlarini tadqiq etgan mutaxassislarning aniqlashlaricha, bola 
to‘rt  oyligidanoq  nutq  vazifasini,  o‘ta  jo‘n  bir  tarzda  bo‘lsa-da, 
bajaridan turli tovushlar chiqara boshlaydi (“u-u-u”, “m-m-u”, “m-
m-a”, “g‘u-u-v” kabi). ...  
Bolaning  tili  chiqayotgan  davrda  uning  “lug‘at  boyligi”dagi 
asosiy qismni taqlidiy “so‘z”lar tashkil etadi, bu tabiiy hol, albatta. 
Zotan, bolaning tili boshqalarga taqlid yo‘li bilan chiqadi va sekin-
asta  ularning  o‘rnini  odatdagi  so‘zlar  egallay  boradi.  Demak, 
insoniyat tilining ham dastlabgi lug‘ati taqlid so‘zlardir. 
To‘g‘ri,  so‘zlarning  paydo  bo‘lishiga  nisbatan  mavjud 
nazariyalarning  qaysidir  bittasiga  ustuvorlik  berib  bo‘lmaydi. 
Lekin  ularning  birortasini  noto‘g‘ri  deb  ham  bo‘lmaydi.  Zero, 
so‘zlar turli asosda paydo bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, turli milliy 
tillarda  so‘zlarning  paydo  bo‘lishida  ularning  o‘rni  va  roli  ham 
turlicha.  Zero,  millatlarning  nigohlari  ham  milliy  bo‘lib,  ularning 
biri  bir  narsaning  ma’lum  bir  tomoniga  boshqasiga  nisbatan 
ko‘proq e’tibor beradi va bu e’tibor natijasi o‘laroq bir hodisa turli 
tillarda turlicha nomlanadi. 
Insonning nutq tovushlarini qayd etish ehtiyoji tilshunoslikning 
fonetika  va  fonologiya  sohalari  shakllanishi  va  rivojiga  ta’sir 
ko‘rsatdi.  Tilshunoslar  dastlab  talaffuzdagi  nutq  tovushlarini 
tekshirib,  tahlil  qila  boshlaganlar.  Bu  tovushlar  sezgi  a’zolariga 
ta’sir  qilib,  avvalo,  tovushlarning  akustik,  undan  so‘ng 
83


artikulyatsion jihatlari e’tiborni torta boshlagan. Fan taraqqiy etishi 
bilan  nutq  tovushlaridagi  xususiy  va  umumiy  jihatlar  farqlana 
boshlagan.  
Qizig‘i  shundaki,  til  sohiblari  (mutaxassislardan  tashqari) 
tildagi  tovushlar  haqida  hech  qanday  bilimga  ega  bo‘lmasalar-da, 
bu ularning nutq tovushlarini talaffuz qilishlari, so‘zlarni aytib fikr 
ifodalashlariga monelik qilmaydi. 
Tilimizdagi so‘zlarga e’tibor bering: quloq, buloq, ulug‘, g‘ulu, 
gul, munchoq, ushbu, turshak va h. So‘zlardagi har bir (u) tovushi 
o‘ziga  xos.  Ular  talaffuzimizda  har  xil  jaranglasa-da,  bitta  harf 
bilan yozamiz va ilmiy talqinlarda – darslik va qo‘llanmalarda bitta 
[u]  haqida  so‘z  yuritamiz.  “Yo‘q”  ma’nosini  ifodalash  uchun 
tilimizni tishimizga keskin tayab, qandaydir churqillashga o‘xshash 
ovoz chiqaramiz. Yoki dunyo bo‘yicha barcha itlar bir xil vovillab, 
mushuklar  bir  xil  miyovlashsa-da,  ularni  turli  til  sohiblari  turlicha 
aytib,  turlicha  yozishadi.  Bu  va  bu  kabi  muammolar  bilan 
tilshunoslik,  tilshunoslikning  tovushlar  haqidagi  sohasi  bo‘yicha 
mutaxassislar shug‘ullanishadi.  
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling