Baxtiyor mengliyev


Fonologiyaning  o‘rganish  obyekti


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Fonologiyaning  o‘rganish  obyekti.  Fonologiya  (gr.  phone  – 
“tovush”,  logos  –  “ta’limot”)  termini  tilshunoslikda  XIX  asr 
85


oxirida  nutq  tovushlarining  fiziologik-akustik  (fizik)  tomonidan 
funksional  (lingvistik)  tomonini  farqlash  ehtiyoji  bilan  paydo 
bo‘ldi.  Fonologiya  til  tovush  qurilishining  struktur  va  funksional 
qonuniyatini  o‘rganuvchi  soha,  semiotik  (ishoraviy)  sistema 
sifatida  nutqni  akustik-artikulyatsion  aspektda  o‘rganadigan 
fonetikadan farqlanadi.  
Fonetikaning 
birligi 
nutq 
tovushi 
bo‘lganligi 
kabi 
fonologiyaning  birligi  –  so‘zlovchilarning  ana  shu  bevosita 
kuzatishda  berilgan  nutq  tovushi  asosida  yotgan  tovush  tipi 
haqidagi  ijtimoiy  tasavvuri.  Har  bir  fonema  kishi  ongida  umumiy 
farqlovchi  xususiyati  asosida  vujudga  kelgan  maxsus  «akustik 
portret»  yoki  «tovush  obrazi»  sifatida  yashaydi.  Bu  farqlovchi 
belgi  tovushning  artikulyatsion  va  akustik  belgisi  asosida  vujudga 
keladi hamda barqarorlashadi.  

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling