Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Fonologik paradigma. Boshqa lisoniy birlik kabi fonema ham 
paradigmatik va sintagmatik munosabatda yashaydi. Bu  fonologik 
paradigmatika va fonologik sintagmatika deyiladi. 
O‘zaro  qarama-qarshi  belgiga  ega  bo‘lgan,  biroq  umumiy, 
birlashtiruvchi  (integral)  belgilari  asosida  uyushgan  fonemalar 
sirasi  fonologik  paradigma,  fonemalarning  sistemadagi  o‘zaro 
munosabati fonologik paradigmatik munosabat deyiladi.  
Fonologik 
ziddiyat 
va 
uning 
turlari
Fonologik 
paradigmaning  asosida  fonologik  ziddiyat  yotadi.  Fonologik 
ziddiyat  (oppozitsiya)  fonemaning  farqli  belgilarini  o‘zida 
ifodalaydi.  Masalan,  o‘zbek  tilidagi  unli  fonemalar  bir  umumiy 
belgi – “ovozdan iboratlik” invariant xossasiga ega. Bu mohiyat 6 
ta unli fonema uchun umumiy. Biroq bu mohiyat ostida birlashgan 
fonemalar  o‘zaro  zidlanib,  kichik  guruhlar  hosil  qiladi.  [i]  va  [u
«yuqori  tor»  belgisi  bilan  «o‘rta  keng»  xossasiga  ega  [e]  va  [o‘
hamda «quyi keng» xossasiga ega [a] va [o] fonemalar guruhlariga 
qarama-qarshi  turadi.  Yoki  «lablanmagan»  belgisiga  ega  [i],  [e], 
[a]  fonemalari  guruhi  «lablangan»  belgisiga  ega  [u],  [o‘],  [o
guruhiga  qarama-qarshi  turadi.  O‘z  navbatida  [i],  [e],  [a]  guruhi 
a’zolari o‘ziga xos belgilari asosida o‘zaro zidlanadi. 
86


Tilshunoslikda  fonologik  ziddiyatning  har  xil  tur  va 
ko‘rinishlari  farqlanadi.  N.S.Trubetskoy  «Fonologiya  asoslari» 
asarida fonologik ziddiyatni uch asosga ko‘ra tasniflaydi: 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling