Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Fonetik qirg‘oqlarda 
Fonemalar  nutqda  tovushlar  sifatida  voqelanganda  bamisoli 
daryo oqimiga o‘xshaydi.  
Tog‘dan  oqib  tushayotgan  daryoni  ko‘z  oldingizga  keltiring. 
Kengliklarda  yoyilib,  bemalol  yayrab  oqadi.  Torliklarga  kelganda 
shovqin  solib,  sharsharaga  aylanadi,  har  tarafga  otiladi, 
qirg‘oqlarga  zarb  bilan  urilib, uni  yemiradi,  o‘zi  ham  yana  orqaga 
qaytadi. O‘tkir toshlarga zarba beradi, ba’zan ularni joyidan siljitib 
yuboradi.  
Fonemalar  ham  xuddi  daryo  suvi  kabi  har  xil  sharoitlarga 
tushadi,  qulay  sharoitlarda  o‘z  mohiyatini  saqlaydi,  oqim  uchun 
noqulay  joylarda  yo  sharoitga  moslashadi  yoki  sharoitni  o‘ziga 
moslashtiradi.  
Masalan,  (a)  unli  fonemasini  olaylik.  Alam,  bolam,  katta 
so‘zlarida lablanmaganlik va kenglik xususiyatini saqlab qoladi. Bu 
uning  uchun  qulay  sharoit.  Lekin  qara,  havas,  g‘alaba  so‘zlarida 
yonidagi undoshlarga moslashib, lablanishga moyillik sezadi. Nutq 
a’zolari  qulay  va  oson  yo‘l  bilan  tovushlarni  talaffuz  qilishga 
intiladi.  Bu  unlilarning  til  orqa  undoshlari  qurshovida  kelganida 
yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Shu  boisdan  ayrim  o‘zbek  shevalarida 
qara,  g‘alaba  so‘zlaridagi  (a)  unlisi  (o)  tarzida  yoki  (a)  bilan  (o
oralig‘ida talaffuz qilinadi.  
91


Nutq  tovushlarining  o‘z  mohiyatini  saqlab  qoladigan  qulay 
sharoiti  kuchli  pozitsiya  deyiladi.  Masalan,  alam  va  olam 
so‘zlaridagi  (a)  va  (o)  unlilarining  talaffuz  sharoiti  kuchli 
pozitsiyaga misol bo‘ladi.  
Bir 
nutq 
tovushini 
boshqasidan 
farqlovchi 
belgilar 
kuchsizlanadigan,  tovushlararo  farqlar  so‘nadigan  pozitsiya 
kuchsiz  pozitsiya  deyiladi.  Masalan,  qanot  so‘zidagi  (a)  tovushi 
voqelanayotgan  pozitsiya  kuchsiz  pozitsiya  hisoblanadi.  Chunki 
talaffuzda (a) tovushini (o) tovushidan farqlash qiyinlashadi. Yoki 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling