Mustaqil o‘zlashtirish uchun Fonetik hazil Tilning tilsimoti – Haqning qudrati, Undagi har unsur hikmatga ega. Har bitta birlikka vazifa tayin, Istalgan vosita qiymatga ega. Bilsangiz, unlilar tizimchasida Oltovlon birlashgan bir vujud erur. Ortiq yo kam degan kalom yo‘q bunda, Haqiqat amri-la u mavjud erur. Har bitta unlida ikki belgi bor, Juftlik tamoyili ularga tandir. 95
Baqamti yashaydi zotiy belgilar, Bir unli u juftga ayni vatandir. Lablangan har birlik lablanmagandan Farq qilib turadi o‘z borlig‘ida. Quyimi, o‘rtami yoki yuqori – Faqat qo‘sh belgi bor til yorlig‘ida. Ikki va uch belgi ko‘paytmasidan Unlilar miqdori tayin bo‘lgandir. Belgilarning soni o‘zgarsa, balki, Miqdor saqlanishi qiyin bo‘lgandir.