Unli tovushlar og‘iz bo‘shlig‘ida tovush paychalarida hosil
bo‘lgan ovozning turli to‘siqlarga uchrashi natijasida vujudga
keladi. Lablarning harakati, tilning tanglayga ko‘tarilishi ovoz duch
keladigan to‘siqlardir. Tilning ko‘tarilish darajasi (yuqori, o‘rta,
quyi) va lablanganlik-lablanmaganlik – kuchli pozitsiyadagi unli
fonemalarning asosiy, sistema hosil qiluvchi belgisi. Unlilarning til
gorizontal holatiga ko‘ra (old qator, o‘rta qator va orqa qator)
belgilari asosiy hisoblanmaydi. Chunki bu belgilar yondosh tovush
ta’sirida hosil bo‘ladi va o‘zgarib turadi. Masalan, [
q] undoshi
bilan sintagmatik munosabatida [
a] unlisi “til orqa” xossasiga ega
bo‘lsa, [
k] undoshi qurshovida til o‘rta, [
m] undoshlari qurshovida
esa til oldi unlisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: