Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
Mantiqiy mushohada uchun
1. So‘z oxirida undosh jarangsizlashdi. Daryo qirg‘oqqa ta’sir qildimi yoki qirg‘oq daryoga? 2.Ertakda Yalmog‘iz paydo bo‘lganda, supurgi yo‘qolib qoladi. Supurgi paydo bo‘lganda yalmog‘iz yo‘q bo‘ladi. Ular almashib turar edi. Bola Yalmog‘izni qanday yo‘qotdi? Buni pozitsiya va tovushlar munosabatiga qanday bog‘laysiz? Unli fonema yaxlit sistemani tashkil etib, bu sistema ham o‘z navbatida sistemachalarga bo‘linadi. [i] va [u] fonemalari “yuqori tor” belgisi ostida birlashib, bunday belgiga ega bo‘lmagan fonemalardan ajraladi. Quyida har bir unli fonemaning sistemaviy xususiyatlarini jadvalda aks ettiramiz: Fonema Sistema hosil qiluvchi belgisi Sistemada hosil bo‘luvchi belgisi Sistemaga betaraf belgisi [a] Sof ovozdan iborat Quyi keng, lablanmagan [o] Quyi keng, lablangan [e] O‘rta keng, lablanmagan [o‘] O‘rta keng, lablangan [i] Yuqori tor, lablanmagan [u] Yuqori tor, lablangan Unli fonemalar paradigmasi katta va kichik paradigmalardan iborat. Lablangan va lablanmagan unlilar ichki paradigmalarni hosil qiladi. Lablangan unlilar ichki paradigmasini jadvalda sistemaviy xususiyatlari asosida quyidagicha berish mumkin. 93 Lablangan unlilar paradigmasi: Fonema Sistema hosil qiluvchi belgisi Sistemada hosil bo‘luvchi belgisi Sistemaga betaraf belgisi [o] Lablangan Quyi keng Sof ovozdan iborat [o‘] O‘rta keng [u] Yuqori tor Lablanmagan unlilar paradigmasi: Fonema Sistema hosil qiluvchi belgisi Sistemada hosil bo‘luvchi belgisi Sistemaga betaraf belgisi [a] Lablanmagan Quyi keng Sof ovozdan iborat [e] O‘rta keng [i] Yuqori tor Keng/torlik xususiyatiga ko‘ra unlilar uchta ichki paradigmani tashkil qiladi: yuqori tor unlilar paradigmasi, o‘rta keng unlilar paradigmasi, quyi keng unlilar paradigmasi. Yuqori tor unlilar paradigmasi: Fonema Sistema hosil qiluvchi belgisi Sistemada hosil bo‘luvchi belgisi Sistemaga betaraf belgisi [i] Tor Lablanmagan Yuqori [u] Lablangan O‘rta keng unlilar paradigmasi: Fonema Sistema hosil qiluvchi belgisi Sistemada hosil bo‘luvchi belgisi Sistemaga betaraf belgisi [e] Keng lablanmagan O‘rta [o‘] lablangan Quyi keng unlilar paradigmasi: Fonema Sistema hosil qiluvchi belgisi Sistemada hosil bo‘luvchi belgisi Sistemaga betaraf belgisi [a] Кенг lablanmagan Quyi [o] lablangan Aytish mumkinki, [i] va [u] kichik paradigmasi a’zolari farqlovchi belgilari ([i] – lablanmaganlik va [u]– lablanganlik 94 belgilari) asosida o‘z mustaqilliklarini saqlab qoladi va ziddiyatda turadi. [e]~[o‘] sistemachasi “o‘rta keng” belgisiga ko‘ra [i]~[u] sistemachasidan ham, [e]~[o] sistemachasidan ham farqlanadi. Ma’lum bo‘ladiki, katta paradigma uchun sistema hosil qiluvchi belgi ichki paradigma uchun sistemaga betaraf belgiga aylanib qoladi. Bu sistemaning ichki sistemalarga bo‘linishlaridagi qonuniyatlardan biridir. Demak, unli fonemaning har biri uch belgidan iborat: [i]– yuqori, tor, lablanmagan [u] – yuqori, tor, lablangan [e] – o‘rta, keng, lablanmagan [o‘] – o‘rta, keng, lablangan [a] – quyi, keng, lablanmagan [o] – quyi, keng, lablangan. Tilning ko‘tarilish darajasi birlashtiruvchi belgi bo‘lganda (masalan, [i], [u] unlilari “torlik” belgisi ostida birlashadi) lablanganlik-lablanmaganlik farqlovchi belgi sanaladi: [i] – lablanmagan, [u]– lablangan. “Lablanganlik” birlashtiruvchi belgi bo‘lganda, tilning ko‘tarilish darajasi farqlovchi belgi sanaladi. Masalan, [i], [e], [a] unlilari “lablanmaganlik” umumiy birlashtiruvchi belgisiga ega, biroq “yuqori” ([i]), “o‘rta” ([e]), “quyi” ([a])lik belgilari bu fonemalarning farqlovchi belgilari sanaladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling