Mantiqiy mushohada uchun “www.wikipedia.ru” va boshqa saytlardan devalvatsiya, villa, sement, astronomiya, astrologiya, etnografiya, etnologiya, virus, gepatit, veteran, valyuta, margarin, kilo so‘zlarining etimologik
ma’nolarini topib, ularning o‘zbek tilidagi qo‘llanishida qanday
ma’noviy taraqqiyot yuz berganligini aniqlang. Kasb-hunarga oid leksemalar – turli kasb-hunar egasi nutqida
qo‘llanuvchi birliklardir. Kasb-hunar atamasi shu hunar egasi qaysi
shеva vakili bo‘lsa, shu shеva lеksikasi tarkibiga kiradi. Masalan,
184
Shahrisabz shеvasiga mansub hunarmand ishlatadigan leksemalar
Buxoro shеvasida bo‘lmasligi mumkin. Kasb-hunarga oid leksemalar,
birinchidan, ma’lum bir shеva doirasida bo‘lsa, ikkinchidan, shu
shеvada so‘zlashuvchi ayrim kishi nutqiga xos.