Abdulla Qodiriy
Bo‘yoqsiz leksika. O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi leksemaning
ko‘pchiligi so‘zlovchining hissiy munosabatini ifodalovchi bo‘yoqdan
xoli bo‘ladi. Bunday birlik – bo‘yoqsiz leksema. Masalan, bor, yo‘q,
katta, mazali, daryo, urmoq, chiroyli, tez, husn kabi leksemalar borliq
hodisalarini boricha aks ettiradi va unga so‘zlovchining munosabatini
ifodalamaydi. Boshqacha aytganda, bo‘yoqsiz leksemaning kishi
hissiy munosabatini ifodalovchi ifoda semalari nol darajada bo‘ladi.
Biroq bu leksemaning bo‘yoqsizligi nisbiy, ya’ni faqat lisonda.
Nutqda har qanday bo‘yoqsiz leksema ham bo‘yoq kasb etishi
mumkin. Masalan, katta leksemasining lisoniy mohiyati – sememasi
bo‘yoqsiz. Biroq u nutqda boshqa nolug‘aviy tajallilar bilan qorishib,
bo‘yoq kasb etadi. Dengiz k-a-tta edi gapida fonetik tajalli ta’sirida
katta leksemasi bo‘yoqdor nutqiy birlikka aylangan.
188
Do'stlaringiz bilan baham: |