Baxtiyor mengliyev
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Demagogiya Demagog atamasi (gr. demagogos) so‘zma-so‘z tarjima qilinganda “xalq yo‘lboshchisi”, “xalq yetakchisi” degan ma’nolarni anglatadi. So‘z Afina demokratiyasi zamonlarida paydo bo‘lgan. Bu davrda siyosat oshkora yuritilar – siyosiy masalalar xalq majlislarida ommaviy muhokama qilinar edi. Shuning uchun Afinada siyosatchi 195 (demagog)lar notiqlik san’atini puxta egallagan, ommaviy yig‘inlarda qizg‘in nutq so‘zlaydigan kishilar bo‘lishar edi. Afinada og‘ir sharoit, siyosiy inqiroz hukm surgan paytlarda demagoglar o‘zlarining so‘z qo‘llash mahoratlarini ishga solib, jazavaga tushgan olomonni, garchi bu davlat manfaatlariga butkul zid bo‘lsa ham, o‘z fikrlariga ishontirib, orqalaridan ergashtirishar edi. Omma demagoglarning qutqusiga uchib, hatto mamlakatni inqiroz holatidan chiqarishga qodir buyuk mutafakkirlari bo‘lmish Protagor, Suqrot, kichik Perikl kabi daholarini ham qatl qilishgan edi. Bunday voqealardan keyin odamlar o‘z manfaatlari yo‘lida hatto davlatga ziyon yetkazishdan ham toymaydigan notiqlarni demagoglar deb atay boshlashdi. Shu tariqa demagogiya atamasi “tuturuqsiz siyosatdon”, “shuhratparast” degan ma’nolarga ega bo‘lib qoldi. Demagogiya – vaziyat va sharoit nuqtayi nazaridan o‘rinsiz bo‘lsa-da, xuddi to‘g‘ridek tuyuladigan fikrlarni ko‘tarinki, balandparvoz, obrazli ifodalarni qo‘llash bilan bayon etishdir. Demagogiya bugungi kunda masalaning oqilona yechimi yo‘lidan bormay, tinglovchilarning hissiyotlarini junbushga keltirish (ko‘proq qo‘rquv va nafrat uyg‘otish) mazmunida tushuniladi. Demagogiya – noo‘rin, balandparvoz va havoyi notiqlik. U ommaning sog‘lom fikrini chalg‘itishning eng eski va keng tarqalgan usuli. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling