Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonema va tovush.
- fizik, biologik va nutq tovushi
3-§. Til birliklari Tayanch tushunchalar til, lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, UMIS, AHVO O‘zlashtiriladigan tushunchalar fonema, tovush, morfema, qo‘shimcha, leksema, so‘z, qolip, hosila Til lison va nutqdan iborat bo‘lganligi sababli lisoniy va nutqiy sath birliklarini umumlashtirib, til birliklari deyish mumkin. Fonema, tovush, morfema, qo‘shimcha, leksema, so‘z, qolip, hosila til birliklaridir. Fonema va tovush. Fonema – eng kichik lisoniy birlik. “Ma’no farqlash” vazifasini fonemaning mazmuniy jihati deyish mumkin. Demak, fonemaning ma’no farqlashi deganda, turli fonemalarning nutqiy ko‘rinishlari bo‘lgan nutq tovushlarning ma’no farqlashi tushuniladi. Boshqacha aytganda, fonema o‘zining nutqiy ko‘rinishi bo‘lgan nutq tovushlari vositasida ma’no farqlaydi. Fonema muayyan til egalarining bir turdagi tovushlar (masalan, nutqdagi ko‘plab а tovushlari) haqidagi umumiy tasavvuridir. Fonema ongda yakka holda, ajralgan tarzda mavjud bo‘ladi. Ya’ni, masalan, [a] fonemasi hech qachon boshqa fonema bilan birikkan holda bo‘lishi mumkin emas. Har bir fonema so‘zlovchilar ongida bir turdagi tovushlarning umumiy “akustik- artikulyatsion portreti” yoki “tovushlar obrazi” sifatida saqlanadi. 34 O‘zbek tilida so‘zlovchi shaxslar ongida tovushlarning 30 ta tipi – fonema haqida ma’lumot bor. Fonemaning nutqda voqelanishi tovushdir. Nutqdagi barcha til birliklari tarkibidagi ovozli til hodisasi nutq tovushi hisoblanadi. Tabiatdagi tovushlar uch xil: fizik, biologik va nutq tovushi. Fizik tovush jonli va jonsiz mavjudotning barchasiga xos, u havoning siqilishidan hosil bo‘ladi. Biologik tovush jonli mavjudotga xos va tiriklik bеlgisidan biri. Hayvon va parrandaning ovozi, kishining gap hosil qilmaydigan tovushlari: qiyqiriq, xurrak, kulgi, yig‘i ovozi. Nutq tovushi faqat insonga xos bo‘lib, uch xil xususiyati bor: 1) ijtimoiy tabiatga ega; 2) ma’no farqlaydi; 3) nutq hosil qiladi. Nutq tovushi kishilik jamiyati bilan bog‘liq ravishda vujudga kеlganligi va uning uchun xizmat qilganligi bois ijtimoiy tabiatga ega dеyiladi. Ma’no farqlash xususiyati dеganda bir tovush o‘rni boshqa tovushga bеrilsa, so‘z va qo‘shimcha ma’nosi farqlanishi, ya’ni boshqa so‘z va qo‘shimcha vujudga kеlishi tushuniladi: bosh – Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling