Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Mantiqiy mushohada uchun 
1.Tilda nega boshqa tillardan nutq tovushi o‘zlashtirilmaydi? 
2.Bir kishi o‘z nutqida o‘zlashma so‘zlarni aslidagidek talaffuz 
qiladi. Nega biz uni fonetik o‘zlashmaga misol qilmaymiz? 
3.Grammatikada o‘zlashtirilgan hodisalar bormi? 
4.O‘zbeklarning  o‘zga  tillar  fonetikasini  o‘zlashtirishi  nisbatan 
yengil kechadi. Buning sababi nimada? 
Leksema  va  so‘z.  Lisonning  borliq  hodisalarini  nomlash, 
ifodalash,  ko‘rsatish  uchun  xizmat  qiluvchi  birligi  –  leksema. 
Leksema  borliq  hodisalarini  nomlab,  ularni  kishilarning  muloqoti 
uchun tayyorlaydi. Til egasi sezgan narsa, albatta, nom oladi. Hech 
bo‘lmaganda so‘z birikmasi bilan nomlanadi.  
Leksema  tilning  asosiy  va  markaziy  birligi.  So‘z  termini 
leksema  ma’nosida  ham  qo‘llanadi.  Shaxsning  tili  bilimi  uning 
fonetik yoki grammatik bilimi bilan emas, balki leksik zaxirasining 
boyligi  bilan  o‘lchanadi.  Ona  tili  o‘qitishning  asosiy  vazifasi  ham 
leksema,  ya’ni  so‘z  ta’limidir.  Bejiz  so‘z  tilga  tenglashtirilmaydi: 
Xalqaro  anjumanda  o‘zbek  so‘zi  jarangladi.  Buyuk  sharq 
mutafakkirlari  ham  so‘z  deganda  ko‘p  hollarda  tilni  nazarda 
tutishgan.  
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling