Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Alisher 
Navoiy, 
“Lisonut-tayr”. 
Sh.Sharipov 
nasriy 
bayoni. 
www.ziyouz.com   
7


Hikoyatda  tasvirlanishicha,  ko‘zi  ojizlar  paypaslash  (sezgi 
a’zolari)  asosida  bilim  hosil  qilishgan.  Bu  empirik  tafakkur 
mahsulidir. 
 
Mantiqiy mushohada uchun 
1.Ko‘rlarning fil haqidagi xabarlari nega chin deb baholandi? 
2.Ko‘rlarning fil haqidagi xabarlari nega nuqsonli edi? 
3.Faylasuf nega naql qilganlarga ta’na qilmadi? 
4.Ilmiy bag‘rikenglik deganda nimani tushunasiz? 
 
Nazariy  bilish  empirik,  ya’ni  fahmiy  bilishsiz  amalga 
oshmaydi.  Empirik  bilish  jarayonida  to‘plangan  faktik  material 
nazariy bilish jarayonida aqliy tafakkur yo‘li bilan umumlashtirilib, 
ularning  mohiyati  ochiladi.  Bu  bosqich  Navoiyning  yuqorida  tilga 
olingan asarida orifning fil haqida bilim hosil qilish usuli misolida 
bayon  etiladi.  Orif  ko‘zi  ojizlarning  fil  haqidagi  tasavvurlarini 
o‘zaro  “bog‘lab”,  umumlashtirib,  ularning  qarashlari  asosida, 
bizning  talqinimizcha,  nazariy  tafakkur  yo‘li  bilan  fil  haqida 
idrokiy  bilim  hosil  qiladi.  Shu  tariqa  Navoiy  empirik  va  nazariy 
bilish  hamda  bilimni,  empirik  va  nazariyotchi  biluvchi  (olim)  ni 
farqlaydi,  shu  bilan  birga,  ikkinchisi  birinchisining  mehnatlarisiz 
ish  ko‘ra  olmasligini  uqtiradi.  Bunday  holat  barcha  fanlarda 
mavjud.  Masalan,  Isaak  Nyuton  fizikasi  empirik  fizika  bo‘lsa, 
Albert  Eynshteyn  fizikasi  nazariy  fizikadir.  Ular  bir-birini 
to‘ldiruvchi va bir vaqtning o‘zida inkor qiluvchi ta’limotlardir. 
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling