Mustaqil o‘zlashtirish uchun
O‘zbek substansial tilshunosligi tamoyillari
Har bir ilmiy yo‘nalish, maktab o‘ziga xos tamoyillarga ega
bo‘ladi va shu jihati bilan boshqa yo‘nalishlardan farqlanadi.
O‘zbek substansial tilshunosligi ham ana shunday o‘ziga xos
qonuniyat va tamoyillarga ega.
Substansiallik tamoyili. Bunga ko‘ra, lisoniy birlik nutqda
voqelantiruvchi
barcha
ma’no
va
vazifalarini
o‘zida
mujassamlashtirgan, yashirgan deb olinadi. Nutqda hech bir narsa
yaratilmaydi, balki lisoniy birlikdagi imkoniyat faqat yuzaga
chiqariladi, xolos. Shuning uchun tilshunoslik oldida lisoniy birlik
voqelanishidagi nutqiy alohidaliklarni umumiy lisoniy ma’noga
birlashtirish va lisoniy imkoniyat sifatida ongda va lisoniy tizimda
mavjud bo‘lgan bu ma’noni nutqda muayyan ko‘rinishlarda
voqelantirish yo‘llarini o‘rganish vazifasi turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |