Baxtiyor oila jamiyat ko’rki


Download 16.01 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi16.01 Kb.
#1761929
Bog'liq
BAXTIYOR OILA JAMIYAT KO’RKI


BAXTIYOR OILA JAMIYAT KO’RKI
Nizomiy nomidagi TDPU
Amaliy psixologiya yo’nalishi
talabasi Rasulova N.R


ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada oila muqqadasliligi uni e’zozlash kerakligi va o’sib kelayotgan yosh avlodga bu tushunchani singdirish haqida so’z boradi.
KALIT SO’ZLAR: Nikoh, oila, juftlik oila, oila jamiyat ko’rki, oila sotsiolizatsiyasi
“Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman, oilamiz tinch bo‘lsin! Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi. O‘sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko‘rish hammamizga nasib etsin!”, - deya ta’kidlagan O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev.
Oila – ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini taʼminlaydigan, kelajak avlod, qadriyatlar tizimiga oʼz taʼsirini koʼrsatadigan ijtimoiy makon.
Oila erkak va ayol oʼrtasidagi rasmiy nikohga asoslangan, ota-ona va farzandlar oʼrtasidagi munosabatlardan tashkil topgan, jamiyatning axloqiy meʼyorlari va qoidalari qoʼllab-quvvatlanadigan, insoniyat madaniyatini kelajak avlodga yetkazib beradigan va uni rivojlantiradigan birlamchi ijtimoiy guruhdir.
Darhaqiqat, globallashuv jarayonlarining jadallashuvi oilaviy qadriyatlarning himoya qilinishini ham kun tartibiga qoʼymoqda. Jamiyatda zamonaviy tendentsiyalar: iqtisodiy integratsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiy etishi va global Internet tarmogʼining keng quloch yoyishi bilan oilaviy munosabatlar madaniyatining pasayishi va anʼanaviy qadriyatlarga nisbatan oila aʼzolarida yangicha munosabatning shakllanishiga taʼsir qilmoqda.
Bu esa, albatta, jamiyatimizda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish hamda yoshlar ongida oila muqaddasligi tushunchasini singdirib borishni birlamchi vazifa etib belgilamoqda. Oila muammosiga bag'ishlangan masalalarni o'rganar ekanmiz, unda oilaviy munosabatlarning huquqiy, axloqiy asoslari, ota-onalarning jamiyat va farzandlari oldidagi burchi masalasi doim olimlarning diqqat markazida bo'lgan. Shuningdek, yoshlar oilaning buyuk ma'naviyat, qadriyat, burch va mas'uliyat ekanini anglab yetmoqlari zarurligi, yigit va qizlar mustahkam oilani shakllantirish borasidagi milliy an'analarimiz, qadriyatlarimiz haqida yoshligidan to'la va to'g'ri tasavvurga ega bo'lishlari lozimligini takidlaganlar. Сhunki, oiladagi hayot, ota-onaning bir-biriga munosabati ham ana shunday tushuncha va tasavvurlar shakllanishining asosiy shartlaridandir.
Bu xususda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan quyidagi hadis vorid bo'lgan:
Al-Mug'iyra bin Shu'ba roziyallohu anhu aytadilar: Men bir ayolga sovchi qo'ydim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mendan: “Uni ko’rdingmi”? deb so'radilar. Men: Yo'q, dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Uni ko’rgin,ko’rib bilib turmush qurushlik o’rtangizda ulfat va muhabbat paydo bo’lishiga sabab bo’ladi, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
Sog'lom oila muhitini yaratish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog'lom avlodni shakllantirish esa sog'lom kelajak demakdir. Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo'lib yetishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'i ekanini tan olishimiz darkor. Oila haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalo, ko'z o'ngimizda ona siymosi shakllanadi. Nima deganda oila muqaddasligini ta'minlovchi birinchi omil – Ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru muruvvati, sadoqati va vafodorligidir.
Yana bir muhim masala: oilani bus-butun saqlab qolishdir. Dinimizda oila qurishga targ'ib etish bilan birga, uni yaxshilik bilan tutishga buyurilgan. Agar er-xotin o'zaro kelisha olmagan taqdirlarida isloh qilish uchun har ikki tomondan hakamlar jalb etish lozim bo'ladi.
Qur'oni karimda shunday deyilgan:
“Agar ular (er-xotin)ning oralari buzilib ketishidan qo'rqsangiz, er oilasidan bir hakam, xotin oilasidan bir hakam yuboringiz. Agar (er-xotin) islohni xohlasalar, Alloh o'rtalarini muvofiqlashtirgay. Albatta, Alloh bilimdon va xabardor zotdir” (Niso surasi, 35-oyat).
Ushbu oyati karimadan er-xotinning orasini isloh qilish g'oyat savobli amal ekani ayon bo'ladi. Shuning barobarida, oilani saqlab qolish masalasiga jamiyat a'zolari befarq bo'lmasligi shariatimiz talabidir. Illo, dinimiz bo'linishni, ajralishni emas, birlashishni, jipslikni yoqlaydi.
Zero, oila farovonligi – milliy farovonlik asosidir. Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, eng qimmatli an'analar: halollik, rostgo'ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan.
Bugungi kunda ham ana shu an'analarni davom ettirib, o'zbek oilalari oilaning sog'lom iqlimi, ota-onaning bir-biriga mehri va hurmati sharoitida, oila bag'rida farzandlarini el-yurtining munosib o'g'il-qizlari, Vatanining haqiqiy sodiq fuqarosi bo'lib voyaga yetishlarida jon kuydirmoqdalar. Shuning uchun ham o'zbek xalqida “qush o'z uyasida ko'rganini qiladi” deb, bejizga aytilmagan, bunda chuqur ma'no-mazmun bor. Mustaqilligimiz yillarida hukumatimiz tomonidan oilaga ahamiyat qaratilib, oilaga e'tiborimizni tubdan o'zgartirish, oilalarni avvalo ijtimoiy jihatdan himoyalash, e'zozlash, qo'llab-quvvatlash – bugungi kunimiz uchun va ertangi istiqbolimiz uchun naqadar muhim va dolzarb ekanligini yaxshi tushunishimiz va anglashimiz darkor.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki,oila muqaddas dargoh uni asrab avaylashimiz qadriga yetishimiz e’zozlashimiz o’zimizdan keying o’sib kelayotgan yosh avlodlarga oilaning ne chog’lik azizligini singdirishimiz zarur.Jamiyatimizda baxtiyor oilalar ko’payishiga har birimiz o’z hissamizi qo’shimiz kerak.Zero oila muqaddasdir.
Foydalanilga adabiyotlar:
1.Karimova.V.M “Ijtimoiy psixologiya asoslari”1994 35 bet
2.Shoumarov.G’.B “Oila psixologiyasi”
3.Jalilova.S.”Oila psixologiyasi”
4.www.ziyo.uz
5.www.google.uz
Download 16.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling