Baxtiyorova Husnora Muzaffar qizi O‘ta-403 9-amaliy mashg‘ulot


Download 16.37 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi16.37 Kb.
#192744
Bog'liq
Baxtiyorova Husnora 403


Baxtiyorova Husnora Muzaffar qizi

O‘TA-403

9-AMALIY MASHG‘ULOT

1.     Kompetensiya so‘ziga qisqacha izoh bering.

Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.



2.     Ta’limda kompetensiyaviy yondoshuvga izoh bering.

Ta’limda kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda, o’quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli xildagi malakalarini samarali ravishda qo’llashga o’rgatish tusuniladi. Inson o’z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh kadr bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim. Tayanch kompetensiyalarga esa axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiyasi, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari kiradi



3.     Kommunikativ kompetensiyaga izoh bering.

– jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;

– o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

– ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish,jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

– muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish;

– turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur(konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.



4.     Axborotlar bilan ishlash kompetensiyga izoh bering.

– mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio(audio–video yozuv)telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

– media vositalaridan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatiga rioya qilish;

– ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish;



– kundalik faoliyatida uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish(oddiy tabriknomalar yoza olish, anketalarni to‘ldirish, mehmonxona ro‘yxatida o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi va boshq.)

5.     Kooperativ ta’limning samarali metodlariga izoh bering.

Kooperativ ta'lim  - bu talabalarning boshqalar yordamida ma'lumotni tezda o'rganish va qayta ishlashlari uchun samarali vosita. Ushbu strategiyani qo'llashdan maqsad talabalar uchun umumiy maqsadga erishish uchun birgalikda ishlashdir. Har bir o'quvchi o'zlarining hamkorlikdagi o'quv guruhi rolini tushunishi juda muhimdir.
Download 16.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling