1. Ish xaqining mohiyati va uning shakllanishi


Download 24.1 Kb.
bet1/3
Sana25.10.2023
Hajmi24.1 Kb.
#1721889
  1   2   3
Bog'liq
1. Ish xaqining mohiyati va uning shakllanishi-hozir.org


1. Ish xaqining mohiyati va uning shakllanishi

31-Bilet


1. Ish xaqining mohiyati va uning shakllanishi.
2. O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish
tizimining o‘ziga xos xususiyatlari. Ijtimoiy muhofaza qilishning manzilli
tizimi.
3. Insonni tashkilotdagi roli to‘g‘risidagi boshqaruv nazariyasi. Iqtisodiy
hayot sub’yekti to‘g‘risidagi tasavvurning rivojlanishi.
Javoblar:
1. Ish haqi mehnat iqtisodiyotida ham nazariy, ham amaliy nuqtayi nazardan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ish haqi xodim shaxsiy daromadining, o‘zi va oilasi a’zolari turmush kechirishining asosiy manbai, shu bilan bir qatorda, ishlab chiqarishni rivojlantirish, xarid talabini ta’minlashning bosh omili hisoblanadi.
Ish haqi - yollanma xodim daromadining elementi, unga tegishli ishchi kuchiga bo‘lgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish shaklidir. Ish haqining asosiy elementi – uning stavkasidir. Ish haqining stavkasi shartnomada belgilab qo‘yiladi va muayyan vaqt birligi ichida bajariladigan va muayyan kasb-malaka xususiyatlariga ega bo‘lgan mehnatga to‘lanadigan haq darajasini belgilab beradi. Ish haqini tartibga solish mexanizmida boshlang‘ich baza sifatida uning eng kam miqdori (minimal ish haqi) namoyon bo‘ladi, u oddiy, kam malakali mehnat bilan band bo‘lgan xodimlarning takror hosil qilinishi uchun normal shart-sharoitlar yaratishi lozim. Ish haqining mohiyati u ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlarida: ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’molda bajaradigan funksiyalarda ro‘yobga chiqariladi. Ish haqini tashkil etish deganda uning tuzilishi, mehnat miqdorining unga to‘lanadigan haq miqdori bilan o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek tarkibiy elementlarning yig‘indisi (normalash, tarif tizimi, mukofotlar, qo‘shimcha va ustama haqlar) tushuniladi. Ish haqini tashkil etishning muhim elementi tarif tizimi bo‘lib, u turli normativ materiallar majmuidan iboratdir, ular yordamida xodimlarga to‘lanadigan ish haqi darajasi omillar guruhiga bog‘liq ravishda belgilanadi. Ish haqi yollanma xodim daromadining elementi, unga tegishli ishchi kuchiga bo‘lgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish shaklidir. Shu bilan birga ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga to‘lanadigan haq ishlab chiqarish xarajatlarining elementlaridan biri hisoblanadi. Ish beruvchi mehnat resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni xarid qiladi. Bozorga o‘tilishi munosabati bilan mehnatga haq to‘lash sohasida yangi munosabatlar paydo bo‘ladi, mehnat resurslar bozori bo‘lgan mehnat bozori shakllanadi. Uning sub’yektlari sifatida quyidagilar maydonga chiqadi: ish beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor, tadbirkorlar birlashmasi) - u muayyan sifat xossalariga ega bo‘lgan ma’lum miqdordagi mehnat resursiga talab bildiradi; yollanma xodimlar - ular mehnat resursining egalari bo‘lib, ularning miqdori va kasb-malaka xususiyatlari mehnat bozoridagi taklifni vujudga keltiradi.
Ish haqi tizimi- mehnat me’yorlarining amalda bajarilishi yoki oshirib bajarilishi bilan unga to‘lanadigan haqning bog‘liqligi, to‘lash kafolatlari va ularni ish beruvchi bilan ish bajaruvchi o‘rtasida kelishib olinganligidir.
Ish haqi tizimi o‘z shakliga ko‘ra 2 asosiy guruxga bo‘linadi:
• Ishbay - bunda asosiy ko‘rsatkich bajarilgan ishning amaldagi xajmi, miqdori hisoblanadi;
• Vaqtbay – bunda ish bajarishga sarflangan vaqt asosiy ko‘rsatkich bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqining quyidagi turlari mavjud:
1. Oddiy vaqtbay tizim – xodimlarning ish haqi ularning ishlagan vaqtiga va tarif stavkasiga asosan shakllantiriladi.
2. Oddiy ishbay ish haqi – ishbay rassenkaga asosan ishchining ish haqi ishlab chiqarilgan mahsulot mikdoriga bog‘liq bo‘ladi.
3. Jamoa ishbay tizimi – ishchilarning ish haqi ishlab chiqarish brigadasi bajargan ish hajmiga bog‘liq holda to‘lanadi.
4. Ish haqi to‘lashning akkord tizimi – akkord topshiriqqa kiradigan ishlarning muayyan kompleksi bajarilishiga haq to‘lashdir. Akkord haq to‘lashda ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarishning konkret muddati belgilab qo‘yiladi, bunda ish hajmini belgilangan muddatda bajarganlik uchun olinadigan ish haqi summasi oldindan ma’lum bo‘ladi.
5. Bilvosita ishbay ish haqi to‘lash – asosan, mehnat jamoasida qat’iy mehnat taqsimoti bo‘lmaganida amalga oshiriladi. Bunda har bir ishchining ish haqi brigada bajargan ish hajmi yoki ishlab chiqargan mahsulot mikdoriga bog‘liq. Bunda butun brigada uchun jamoa rassenkalarni ishlab chiqaradi.
6. Bevosita ishbay individual ish haqi to‘lash – har bir ishchining ish haqi uning shaxsiy mehnat natijalariga bog‘liq holda aniqlanadi. Ishchining mehnat sarflari, natijalari ishchining ish haqi o‘rtasida bevosita to‘g‘ri aloqadorlik mavjud.
7. Ishbay progressiv ish haqi to‘lash ishchi ishlab chiqargan bo‘lganga qaraganda uning ish haqi yanadi ko‘proq va tezroq oshadi. Ishchilarni mehnat normalarni oshirib bajarishga kiziqtirish, moddiy manfaatdorlikni oshirish zarurati bo‘lgani ishlab chiqarish uchastkalarida belgilanadi. Ishchi dastlabki mehnat normalarni 10 %ga oshirib bajarsa, ishbay rassenkalar 20 %ga oshadi.
8. Ishbay regrissiv ish haqi – normalar oshirib bajarish muayyan darajaga yetganda ishbay rassenka kamayadi, normalar qanchalik oshirib bajarilsa ishbay rassenkalar pasayib boradi. Bu korxonalardagi ishlab chiqarish hajmi qisqargan vaqtda, iqtisodiy inqirozlar vaqtida qo‘llaniladi.
Ish haqi to‘lanishida vaqt birliklari hisobga olingani holda ishbay rassenkalar hisobga olinadi. Agar 1 smenada ishlab chiqarish normasi belgilangan bo‘lsa, rassenkani hisoblashda smenalik ta’rif stavkasidan foydalaniladi, agar soatbay ishlab chiqarish normasi belgilangan bo‘lsa, rassenkani aniqlash soatbay tarif stavkasidan foydalaniladi. Mamlakatimizda mehnatga haq to‘lash uchun tarif tizimidan foydalaniladi.


2. O‘zbekiston Respublikasida xodimlar uchun mehnat huquqlari va
kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi.
Qonunlardagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa
normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa
kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.
O‘zbekistonda barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan
foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili,
ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab-mavqei, dinga bo‘lgan
munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligidan qat’i nazar,
shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlari va ular mehnatining
natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid
munosabatlar sohasida har qanday cheklashlar yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l
qo‘yilmaydi va bular kamsitish, deb hisoblanadi.
Respublikada chindan ham muhtoj odamlarga manzilli, tabaqalashgan
yordam berishga adolat g‘oyasiga og‘ishmay amal qilish qoidasi asos qilib olindi.
Bunda O‘zbekistonda muhtojlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning eng sodda,
samarali va oshkora vositasi qilib mahalla orqali yordam berilishi maqbul, deb topildi.
Aholini ijtimoiy himoyalash deganda biz aholiga davlat tomonidan yashash va hayotiy faoliyati uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli
yunaltirilgan kafolatlar tizimini tushunishimiz lozim.
Ijtimoiy himoya qilish bir tomondan, funksional tizim, ya’ni yo‘nalishlar
tizimi bo‘lib, u ana shu yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi, ikkinchi
tomondan, u ijtimoiy himoya qilishni ta’minlaydigan institutlar
tizimidan iborat bo‘lib, unga davlat, sud, kasaba uyushmalari va boshqa
ijtimoiy tashkilotlar kiradi. Ijtimoiy siyosatda ikki asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin:aholini ijtimoiy ta’minlash va davlat ijtimoiy
kafolatlari.
Ijtimoiy ta’minot pensiya ta’minoti, nafaqalar bilan
ta’minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va
kompensasiyalar tizimi va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi yo‘nalish esa jamiyatning bir me’yorda rivojlanishini, ya’ni
sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va sog‘lomlashtirish, shuningdek, turar
joyga ega bo‘lish huquqini ta’minlash bilan bog‘liq.
Davlat ijtimoiy ta’minoti – bu, O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarini keksayganda, kasallik ro‘y berganda, mehnatga layoqatini
qisman yoki butunlay yo‘qotganda, boquvchisini yo‘qotganda, shuningdek,
bolali oilalarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish davlat
tizimidir.
Ijtimoiy ta’minot quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga
oshiriladi: davlat ijtimoiy sug‘urtasi, respublika byudjeti mablag‘lari,
mahalliy byudjetlar mablag‘lari.
Ijtimoiy himoyaning iqtisodiy negizini moddiy ishlab chiqarish tashkil
etadi. Taqsimotchilik munosabatlari natijasida jamiyatning oldiga
qo‘yilgan bosh maqsadga muvofiq yalpi milliy mahsulotning muayyan qismi
aholi ijtimoiy himoyasiga sarflanadi. Ijtimoiy himoya fondining
aksariyat qismi taqsimotchilik jarayonida davlat byudjetida shakllanadi.
Uning to‘planish mexanizmi soliqlar va maqsadli jamg‘armalardir.
Aholi o‘rtasida kuchli iqtisodiy tengsizlikning oldini olish maqsadida
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha davlat chora-tadbirlari
tizimi ijtimoiy siyosat deb yuritiladi.
Yangi tizim ijtimoiy yordamdan aniq foydalanuvchilarga puxtaroq
yo‘naltirilgan. Bular, avvalo, mamlakat kelajagi – bolalar, shuningdek,
ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalardir.
Ijtimoiy o‘zaro yordam tizimida oila asosiy bo‘g‘inga aylandiki, bu esa
dunyoviy asosiy insoniylik qoidalariga, milliy an’analar va
xususiyatlarga, jamiyatda oila mavqeiga muvofiqdir.
Har qanday davlatda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishni amalga
oshirish bilan shug‘ullanadigan ijtimoiy institutlarning butun bir
tizimi mavjuddir. Ijtimoiy institut - odamlarning birgalikdagi
faoliyatini tashkiliy tuzilma tarzida tashkil etishning barqaror shakli
yoki normativ jihatdan tartibga solinadigan qoidalar tizimidan
iboratdir. Mazkur tartib doirasida tegishli institutlarning faoliyati
bilan qamrab olingan odamlarning ijtimoiy vazifalari va maqomlarini
taqsimlash ro‘y beradi. Bu sanab o‘tilgan institutlardan ayrim turlarini
(toifalarini) ayrim sosiologlar ijtimoiy-tashkiliy institutlar deb,
qolganlarini ijtimoiy-normativ institutlar deb ataydilar.
Eng muhim va eng qudratli ijtimoiy-tashkiliy institut - bu davlatdir.
U murakkab institusional tizimdan iborat bo‘lib, turli institutlardan
tashkil topgan.
Korxonada xodimlarni ijtimoiy himoya qilishning aniq omili va vositasi jamoa shartnomasidir. Bu shartnomaning mohiyati hozirgi vaqtda keskin ravishda o‘zgarib ketdi, chunki yollanma xodimlarga ijtimoiy
himoyalanishning pishiq-puxta huquqiy bazasi zarur bo‘ladi.
Korxonalarimiz va turli-tuman tashkilotlarimiz hayotiga tobora kengroq
kirib borayotgan va muayyan sharoitda ijtimoiy himoya vositasi sifatida
maydonga chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa muhim ijtimoiy-normativ
institut mehnat kontraktidir.
Pensiya - ijtimoiy ta’minotning, keksalar va mehnatga qobiliyatsiz
kishilarga moddiy yordam ko‘rsatishning eng asosiy va eng ommaviy turidir.
Pensiya ta’minoti barcha mamlakatlarda ijtimoiy dasturlarning muhim
tarkibiy qismi sanaladi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasida 2,5
milliondan ortiq kishi pensiya oladi.
O‘zbekistonning ma’naviy-axloqiy an’analari - mustahkam oila, ijtimoiy
o‘zaro yordam an’analariga muvofiq keksalar va bolalarning ehtiyojlariga
nisbatan sezgirlik, diqqat-e’tibor bilan qaraladi, himoyasiz qolganlarga
muruvvat ko‘rsatiladi.
Nafaqalar. Mehnat ulushiga qarab tabaqalanadigan nensiyalardan farqli
o‘laroq, nafaqalar mohiyati boshqacha. Ular o‘ta muhtoj kishilarga aynan
ko‘maklashishi kerak. Bolalikdan nogironlarga, qariyalar va mehnatga
qobiliyatsiz kishilarga, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega
bo‘lmagan fuqarolarga nafaqalar xuddi pensiyalar singari oyma-oy to‘lab
boriladi.
Oylik nafaqa nogiron bolalarga 16 yoshga yetguniga qadar, uni olish huquqini
beradigan tibbiy dalillari bor bo‘lsa; shuningdek, ish stajiga ega bo‘lmagan
16 yoshdan oshgan, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan
bolalikdan I va II guruh nogironi deb tan olingan shaxslarga to‘lanadi.
Nafaqalar tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan
tayinlanadi va bolalikdan I va II guruh nogironi yoki nogiron bolalarga
nafaqa tayin qilingan ota-onalari yashaydigan joy bo‘yicha to‘lanadi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning markazida ijtimoiy siyosat masalasi turadi. Bu siyosatning zarurati mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida aholini ijtimoiy muhofazalash va moddiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari har qanday jamiyatda shunday shaxslar toifasi doimo mavjudki, ular ob’yektiv sabablarga ko‘ra (yoshi, sog‘lig‘ining yomonligi, ishsizlik va boshqalar) ishlab chiqarishda ishtirok eta olishmaydi. Shuning uchun ularni ijtimoiy jihatdan himoyalashni davlat o‘z zimmasiga oladi, ya’ni yaratilgan milliy daromadning bir qismi ular foydasiga qayta taqsimlanadi.
Xorijiy mamlakatlar tajribasiga asosan kambag‘allik va aholi o‘rtasida
kuchli iqtisodiy tengsizlikning oldini olish maqsadida daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha davlat chora-tadbirlari tizimi ijtimoiy siyosat deb yuritiladi. Keng ma’noda ijtimoiy siyosat deganda shaxsning hayot faoliyatini shunday sharoitlarini yaratish va tutib turish bo‘yicha ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar tushuniladi. U o‘z navbatida shaxsning rivojlanishiga yordam beradi va uning ijodiy imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilishini rag‘batlantiradi.
Mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning pirovard maqsadi –inson
uchun munosib shart-sharoit yaratish bilan chambarchas bog‘liq. «Islohot – inson uchun» degan tamoyil O‘zbekistonda islohotning «jazava» (sakrash) usullarini qo‘llashni istisno etdi va bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichidayoq kishilarni ijtimoiy muhofaza qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligini taqozo etadi. Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ilk bosqichlaridagi
ijtimoiy muhofaza tadbirlari butun aholiga nisbatan qo‘llanildi. Bu esa
mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni saqlashning muhim omili
bo‘lib xizmat qildi. Aholini ijtimoiy muhofazalash tizimi, uni
rivojlantirish istiqbollari va qaror topish bosqichlarini shakllantirishda demografik vaziyat va mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni ham nazarda tutish kerak.
Shu tariqa O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilishning noyob
va betakror manzilli tizimi amal qilmoqdaki, u xalq an’analari va axloqiy qoidalariga asoslangan hamda bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslangan.


3. Boshqaruv nazariyalari boshqaruvga doir turli maktablar bilan birgalikda rivojlandi, shuning uchun bu maktablar uning nomida o‘z-izini qoldirdi. 0 ‘tgan bir asr mobaynida (sanoat inqilobi davri) insonning tashkilotdagi roli jiddiy ravishda o‘zgardi. Hozirgi vaqtda boshqaruv nazariyalarining uch guruhi mavjud bo‘lib, ular: klassik nazariyalar, insoniy munosabatlar nazariyalari va inson resurslari nazariyalaridir. Mazkur nazariyalarning asosiy qoidalari quyidagilardir:



Download 24.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling