Baxtli bo’linglar Nurullo Abbosxon
Download 18.34 Kb.
|
Muhammadyusuf
Baxtli bo’linglar Nurullo Abbosxon Asar muallifi : Nurullo Abbosxon Asar nomi: Baxtli bo’linglar Asar janri: tragedik komediya Sahnalashtiruvchi rejissor: Muhammadyusuf Muhammadqodirov Muallif haqida: Nurullo Abbosxon 1958-yil Namangan viloyati Chortoq tumanida tug’ilgan. XXI asr dramaturgiyasida juda ko’p pyesalari bilan mashhur. Bulardan: “Avliyo”, “Ajdarholi uy”, “Aji-buji”, “Uch dunyo”, “Bahor shamoli”, “Qirmizi olma”, “Bog‘” va “Baxtli bo’linglar”. Ushbu spektakllar yurtimiz teatrlarida muntazam qo’yilib kelinayotgan va o’z o’rniga ega bo’lgan spektakllar qatoridandir. Nurullo Abbosxon bugungi kunda ham samarali ijod qilib kelmoqda. Annotatsiya: “Baxtlio bo’linglar” pyesasidagi personajlar bir-biriga juda ham mosligi ikki oila vakillari ham pulga ruju qo’ygan, pulni deb mehr-oqibat, sevgi-muhabbat, oila, baxt, tushunchalarini shu darajada qadrsiz ekanligini ko’rsata olgan. Va asar so’ngida pul insonga vafo qimasligi tushunib yetilgan. Asar qahramonlari va ularning xarakterlari: Toshmirza – fermer. Juda ziqna, har ikki gapni birida: “ana muammo”- deyishdan u yog’idan o’tmaydigan baxil inson. Uning aytishicha bog’idagi begona o’t ham unga foyda keltirishi kerak. Qimmatoy – fermer. 3 gekter olma bog’i bor. Bog’ga suv olish uchun Toshmirza bilan juda ko’p urushgan. Juda ham ziqna. Uning aytishicha u turmushga chiqsa uning bog’iga ega topilarmish. Shuning uchun 35 ga kirgan bo’lsa ham, hamon turmushga chiqmagan. Boymirza – Toshmirzaning otasi. 70 yoshlarda. O’lgudek ziqna. O’g’liga ziqnalik otasidan o’tgan. Mana endi o’g’lini uylantirolmay nima qilarin bilmay yuribdi. O’g’lining uylanishi uchun har narsaga tayyor. Hulkar – Toshmirzaning onasi. Kalandimog’, maqtanchoq, g’iybatchi va o’lgudek uyquchi, dunyoni suv bossa to’pig’iga chiqmaydigan xotin. Sharif – Qimmatoyning otasi. 70 yoshda juda ham mehnatkash, bog’idagi mevalarni bir-biriga payvand qilib yangi navlar yetishtiradigan usta kishi. Qiziga sovchi kelmaganligi uchun siqilib qon bosimiga uchragan. Shohida – Qimmatoyning onasi. Juda ham mayda gap, qo’rqoq xotin. Lekin o’zini osmondagi oy deb hisoblaydi Oysara – sovchi. Mahalladagi eng chaqqon, erkakshoda, dangal, sergap, pulni sevadigan ayol. Otasi dallol bo’lganligi uchun uni dalloni qiz deb chaqirishadi. Asarning asosiy g’oyasi: pul uchun insonlar hamma narsadan voz kechishi, hamma narsani pul bilan o’chasi, mehr-oqibat, sevgi muhabbat, oila, baxt, tushunchalarini yanada yaxshiroq his qilishga qaratilgan. Insonni ruhan poklovchi komediya orqali insonlarni asl yuzini ochuvchi, illatlarni yuzaga chiqaruvchi g’oyalar ilgari surilgan. Kirish Bu asarga kirish voqea qilib Oysaraning Boymirzani uyiga kelishi va Boymirza o’g’lini uylantirish haqida Oysaraga gap ochishi deb oldim. Asardagi tugun. Toshmirza kim bilan uchrashuvga chiqishi va kimga uylanishi, Oysara Toshmirzaga qaysi qiz mos ekanligini aytishini tugun deb oldim. Voqealar rivoji Bu asardagi asosiy voqea Toshmirzani Sharifning uyiga borishi va Qimmatoy bilan uchrashuvi, bu yerdagi qarama-qarshilik, ular bir-biri bilan yana suv talashib urushishi. Tub burilish Janjalga Qimmatoyning otasi Sharifning aralashib Toshmirzani tobi qochib uydan chiqib ketishi. Kulminatsiya: bu asardagi avj voqea Boymirza va xotini Sharifni uyiga borishi, Toshmirzaga Qimmatoyni qo’lini so’rashi hisoblanadi. Yechim Toshmirza nega qizlardan uyalishi va shu vaqtgacha nega uylanmaganini ota-onasiga aytishi, Toshmirza va Qimmatoy bir-biriga rozilik berishi yechim hisoblanadi. Xulosa Ushbu asardan olgan xulosam shuki bu dunyoda yuqorida aytib o’tilga jamiki shirin tuyg’ular puldan ham muhimroq ekanligiga amin bo’ldim. Suv , mol yoki pul talashib vaqtining behuda o’tganligi, Toshmirzaning jur’atsizligi, Qimmatoy uchun baxt bu bo’gi ekanligi haqidagi qarashlari ortidan kelib chiqqan muammolar bizning hayotimizda uchramasligi kerakligini tushunib yetdim. Download 18.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling