Majbur qilmang. Agar juftingizdan biror nima kutayotgan boʻlsangiz, uni bu ishga majburlamang. Bosim oʻtkazish bilan biror natijaga erishishingiz amrimahol, shuningdek juftingiz siz haqingizda yomon fikrga borib qolishi mumkin. Aksincha, u siz istayotgan ishni oʻz ixtiyori bilan bajarmogʻi kerak.
Shaxs sifatida hurmat qiling. Oilada er va xotin bir-birining oʻrnini toʻldirib tursa-da, shaxs sifatida oʻz oʻrni boʻlmogʻi lozim. Ana shunda bir-biringizga qiziqish yoʻqolmaydi.
Haqoratlamang, haqoratlanmang! Sevgida bu juda muhim. Sevgi haqqi haqoratlarga chidash telbalik. Sevgi uchun biror narsadan voz kechish, qurbon qilish mumkin. Ammo haqoratlarga chidash aslo mumkinmas. Buni sevgi deb boʻladimi? Oʻzingiz ham haqoratlamang. Agar yonimizda birga yashayotgan, bir havodan nafas olayotgan kishini haqoratlasak, bu oʻz-oʻzimizning ustimizdan kulish emasmi?
Kechirish va kechirim soʻrashni oʻrganing. Bir-biringizga ayb qoʻymang. Kechira olish aqllilik, kechirim soʻray olish esa sizning kuchli inson ekaningizdan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |