Baxtni tasvirlab ber
Sinovlar bo`lmaganda Robbimiz huzuriga
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Yuragim sezyapti Feruza Eshnazarova
Sinovlar bo`lmaganda Robbimiz huzuriga
quruq qo`l bilan borgan bo`lardik. Sinov barcha bandaning boshida bor. Hatto sevganlari, O`zining elchilariga Robbim sinov berganda, bizning sinovdan bosh tortishga haqqimiz bormi? Robbim meni kasallik bilan sinashga amr berdi. Birdan oyog`im yurishdan to`xtadi, so`ngra butun tanam. Yoshligimning eng gullagan davrlarini shiftga tikilgancha, og`riqning azobiga dosh berolmasdan yosh bilan o`tkaza boshladim. Butun tanamdagi jamiki suyak xuddi parmalayotgandan kuchli og`riq iskanjasida qoldi. Shifokorlar kasallik kelib chiqishiga sabab topisholmay xunob bo`lishar edi. Aniq sabab yo`q, aniq davo yo`q. O`zim mustaqil turib o`tirolmaydigan holatga keldim. Og`riqsiz uyg`onadigan kun cho`ldagi sarobday tuyila boshladi. Tinimsiz qabul qilingan dorilar, ukollar meni bu og`riqlardan ozod qilolmasdi. Shifokorlar faqat “uzoq davolanish talab qiladi” degan so`zdan boshqa so`z aytishmasdi. O`limim aniq, lekin yo`li uzoq edi. Men Robbimdan xafa bo`lgandim (Astag`firulloh) Birovlarga tana tugul til bilan ham ozor bermagan banda sifatida, umrini o`yin-kulguga emas bilim olishga sarflagan banda sifatida Robbimdan xafa bo`ldim (Astag`firulloh) Shuncha gunohkorlari sig`ayotgan dunyoga men sig`maganim uchun xafa bo`ldim. Duo qildim: “Robbim, azoblanayotganimni ko`rib kechalari yig`lab chiqayotgan ota- onamning ko`z yoshlariga boshqa chiday olmayman. Agar meni banda sifatida bir bora bo`lsa ham sevgan bo`lsang, jonimni qiynamay ol. Meni qiynamay o`ldirgin!”. Tezroq Azroil bilan salomlashib o`lim bilan quchoqlashadigan onlar kelishini kuta boshladim. Biroq o`limdan darak yo`q. Ollohim shu paytgacha biror marta duoga ochilgan qo`llarimni noumid tushurmagandi. Bir kuni uyda yolg`iz qolgan vaqtim og`riqlar kuchliligiga chidolmasdan o`lim tilab o`kirib yig`lay boshladim. Birdan hamma joy sukutga kirdi. Qulog`imga bir yosh qizning ajib duosi eshitila boshladi: “Ollohim, Qur`onni yod olib qo`shiq qilib aytadigan darajaga chiqmagunimcha jonimni olmagin!”. Bu yetti yil oldin Ollohdan ilm so`rab duo qilgan bir murg`akkina qizning ya`ni Feruzaning duosi edi. Robbim xatto o`zimning ham esimdan chiqib ketgan duoyimni menga qayta eshittirayotgan edi. Robbim o`sha qizning duosini qabul qilib bo`lgandi. Bildimki, o`lmoq uchun bashariyatga shifo qilib jo`natilgan Ollohning Kalomini yodlashdan boshqa imkonim yo`q. Shundan so`ng sal o`zimga kelib oyoqqa tura boshladim. Endi dorilar ma`lum muddat bo`lsada ta`sir qila boshladi. Endi og`riqlar chidasa bo`ladigan bo`ldi. Endi kasalligim tashqi tomondan qarasa sezilmaydigan bo`ldi. Faqat bir narsa o`zgargan edi. Avvalgi sho`x shodon, bir gapirib o`n kuladigan, borgan joyiga o`zi bilan baxt iforlarini eltadigan Feruzaning ruhi o`lgandi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling