So`nggi so`z
Maqtov kimga yoqmas ko`ngil to`ldirar,
Maqtov shirin og`u, shirin o`ldirar.
Bu loyihani maqtash uchun qalamim ojizlik qiladi. Lug`at
boyligimdagi sifatlar ta`rif uchun yetmaydi.
Shunday ekan sizlarni
maqtash shart emas. Axir o`zlaringiz
ham qanchalar savobli ish
qilayotganingizni va qanchalar yaxshi insonlardan iborat jamoa tashkil
qilganingizni, minglab qalblarga Ollohning nurini olib kirayotganingizni
yaxshi bilasiz. Maqtov o`rniga sizlarni duo qilsam menimcha ko`proq
qalbingiz lazzatga to`ladi. Mehnatlaringizga rozi bo`linglar. Men
qatnashgan loyihalar ichida eng yaxshisi va eng manfaatlisi bo`ldi.
Olloh sizlardan rozi bo`lsin va sizlarni O`zidan rozi qilsin.
Olloh
barchangizni rahmat daryolariga g`arq qilsin va payg`ambarimiz
Muhammad (s.a.v)
Jannat ahli oldida maqtab,
ota-onangizning
boshiga toj kiydiradigan bandalardan qilsin deb sizlarni chin ko`ngilda
sevuvchi, sizlarni duo qilishdan sira charchamaydigan oila a`zoyingiz
Feruza
Olloh duolarimni eshitdi…
Chunki yuragim sezyapti…
25.01.2023