Baxtni tasvirlab ber


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana18.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1209289
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yuragim sezyapti Feruza Eshnazarova

qilmagan ish edi”. Sekin-astalik bilan qalbimdagi yomon gumonlarni 
quvib chiqara boshladim. Yaratgan Egam qilmagan ishni nega men 
qilishim kerak? Qalbimni titratgan misralardan biri Zakariyo 
payg`ambarning duolari bo`ldi: “Robbim! O`zingga duo qilishdan 
baxtsiz bo`lmaganman”. Birgina kasallik sabab Ollohga qilgan noo`rin 
isyonim uchun pushaymon bo`ldim. Darhaqiqat, hali hech birimiz 
Ollohga duo qilib baxtsiz bo`lmadik. Ollohga duo qilib umidsizlik 
ummonida cho`kmadik. Faqat Olloh bizni qo`lladi. Shunday ekan nega 
biz o`zimizni Unga loyiq tutmasligimiz, bizga berilgan behisob 
imkoniyatlar va cheksiz baxtiyorlik uchun shukronalar keltirmasligimiz 
kerak? Tilim Ollohimning zikriga tushdi. Ichimda Robbisiga zikr 
qilishdan to`xtamagan Maryam tug`ilganday bo`ldi. Va biroz 
muddatdan so`ng Iso payg`ambar o`liklarni tiriltirgani kabi ruhim 
tirildi. 
“Savdogarlar ustozi” asarini ko`rganimda menga muvaffaqiyat 
nimaga kerak dedim. Chunki hayolim sog`lig`im bilan shunchalar band 
ediki, pul topishga bo`lgan xohshim nolga teng bo`lgan vaziyat. Lekin 
Abdulloh ibn Muborakning: “Maqsadingiz sultonlarni shoshirib 
qo`yishi va butun insoniyatga foyda keltirishi kerak”,-degan so`zlari 
o`zimni taftish qilishga majbur qildi. Chunki men orzu qilmay 
qo`ygandim. Olloh ilmni zararli qilib yaratmagan. Demak, menga 
berilgan buncha marhamatning sababi bor. Qo`limga bir vaqtlar 
yozgan “Orzular daftarim” tushib qoldi. 500 ta orzu. Qo`rqmasdan 
shuncha orzu yozgan qizdagi jo`shqinlik daryosi qalbimga quyila 


boshladi. Ichida amalga oshirishim kerak bo`lgan 485 ta orzuyim 
qolgandi. Shunday ekan butun insoniyatga foydasi tegadigan ishlar 
qilishim shart degan xulosaga keldim. 
“Iymon va huzun” asarini o`qiganimda esa yozuvchi bergan 
tasallilar va oxiri albatta yaxshi bo`lishi haqidagi xushxabarlar “Bu ham 
o`tadi” uzugi misol barmoqlarimga qattiq o`rnashdi. Endi bu uzukni 
hech qachon yechmaslikka qaror qildim. Turli tuman olimlarning 
tushkunlik haqida aytgan fikrlariga quloq tutdim va o`zimdagi 
kamchiliklarni to`g`irlashni boshladim. Chunki olimlar Payg`ambarimiz 
(s.a.v)ning vorislaridir. Ularning so`zlaridan hosil bo`lgan hikmat 
chashmasida qorayib ketgan mitti qalbimni yuvib tozaladim. 
Qalbimdagi ozorlar, xafaliklar, isyonlar ketdi. Yozuvchining: “Dunyoda 
ikkita beg`am bor, biri hali tug`ilmagan, ikkinchisi esa o`lgan”,-degan 
hazilomuz so`zlaridagi haqiqat og`riqlar tumani bosqan miyamni yarq 
etib ochib yubordi. Chunki dunyoda g`am chekayotgan faqat men 
emas edim. 
“Peshonamdagi 
nur” 
asaridagi 
Saljuqbekning 
taqdirini 
o`qiganimda o`zim haqidagi hikoyani mutolaa qilganday bo`ldim. 
Asarning har betida ko`zyoshlarimning izi bor. Qolganlar uchun bu 
oddiy asar bo`lishi mumkin. Lekin men uchun bu asar emas haqiqiy 
dardkash, siqilganda boshimni silab “hammasi yaxshi bo`ladi”, “har 
neda hikmat bor” deguvchi mehribon qo`l, Ollohga bo`lgan ishonch va 
umidni unutmaslikka chorlovchi ustoz va iymon darajamni taroziga 
torib tekshiruvchi adolatparvar nazoratchi bo`ldi: “Yagona Robbimiz 
bizga yetmaydimi?”. 
Har bir asarni o`qiganimda o`zim bilan o`zim gaplashdim. Har 
birini o`qiganimda Robbim yuzimga oyna tutib: “Qara haqiqiy 
iymoningning ojizligini”,-deganday bo`ldi. Men kim bilan gaplashdim 
o`zi? Yozuvchilar bilanmi, asardagi obrazlar bilanmi, o`zim bilanmi yoki 
Koinot Ijodkori yagona Olloh bilanmi?! Anig`ini bilmayman. Bilganim 
shuki, ruhim tuzalyotgandi. Peshonam sajdaning hidini ko`proq 
xohlayotgan edi. Axir sajda Yaratganning hadyasi qarshisida 


yaratilmishning mamnuniyatga g`arq bo`lishi edida. Axir Robbim 
deguvchi ruh uyg`ongan edi. Bundan ortiq lazzat bormi? 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling