1. Xotiraga oid ayrim ma’lumotlar olimlarning aqlini ham shoshirib qo‘yadi. Misol uchun inson


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
Sana27.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1134637
Bog'liq
xotira



1. Xotiraga oid ayrim ma’lumotlar olimlarning aqlini ham shoshirib qo‘yadi. Misol uchun inson 
embrionning 20 haftalik paytida uning miyasida o‘zi bilan sodir bo‘layotgan voqealarni eslash 
qobiliyati paydo bo‘lishi aniqlangan. 


 
Yandex Games
 
A D
 


 
 
Битва Магов - Попробуйте бесплатную игру 
 
Яндекс Игры - это Более 10 000 игр разных категорий. Обновления 
каждый день 
Узнать больше
 
2. Kofein xotirani yaxshilashi haqidagi ma’lumotlarni ko‘p bor eshitgan bo‘lsangiz kerak. Aslida 
kofein eslab qolish qobiliyatini yaxshilay olmaydi, shunchaki uning ta’sirida diqqatni bir yerga 
jamlash imkoniyati vaqtincha kuchayadi.


3. Miya mushak emaski, uni mashq qildirish mumkin bo‘lsa! Ammo olimlar xotirani mashq 
qildirish mumkin ekanligini ko‘p bor ta’kidlaganlar. Doimiy mashg‘ulotlar inson organizmining 
ushbu funksiyasini kuchaytiradi. Shundan kelib chiqqan holatda odamzod xotirasiga katta ta’sir 
ko‘rsatuvchi asosiy omillar olimlar tomonidan aniqlab berilgan. Bular - to‘g‘ri taomlanish, eslab 
qolish mashqlari hamda dori vositalari sanaladi. 


4. To‘laqonli uyqu miya faoliyatiga ta’sir qilishi haqidagi fikrni hech kim rad eta olmaydi. 
Bundan tashqari hordiq jarayoni qisqa muddatli xotirani ham kuchaytira olishi mumkin. Buning 
qanday ishlashini esa aniqlab bo‘lganlaricha yo‘q, ammo xotira va uyquning bevosita bog‘liq 
ekanligi - isbot talab qilmaydigan fakt! 


5. Ayrim holatlarda inson tug‘ilgan zahotiyoq fenomenal xotiraga ega bo‘ladi. Misol uchun 
Motsart bir bor eshitgan musiqasini to‘liq takrorlab berishi, shuningdek uning notalarini 
qog‘ozga tushirishi ham mumkin edi. 




6. Avstraliyalik Xobard Paula Prentis 3 oy davomida 130 000 ta insonning telefon raqami va uy 
manzillaridan iborat ma’lumotlarni yodlab chiqdi. Ayolning aytishicha, buni o‘z kasbiy faoliyati 
uchun amalga oshirgan, Paula telefon xizmatida operator bo‘lib ishlaydi. Ammo shunga 
qaramay, u o‘z telefon raqamini yodlab qololmaydi. 
7. Dominik OʼBrayen ham ana shunday ajoyib qobiliyat egasi, bir necha bor Ginnesning 
rekordlar kitobiga kiritilgan. 1994 yildagi tanlov paytida 15 daqiqa davomida o‘zi uchun 
notanish bo‘lgan xitoy tilidagi 152 so‘zni yodlab olgan. Shunga qaramasdan u konsentratsiya 
zaifligidan aziyat chekadi, buning oqibatida maktabni ham tugata olmagan. 


8. Amerikalik shaxmatchi Pol Morfi bir vaqtning o‘zida 8 ta doskada o‘yin o‘ynashi va ularning 
birortasiga ham qaramasligi mumkin edi. Bunisiga nima deysiz? 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling