Baxtsiz xodisa kursatkichlarini tushuntiring


Download 21.2 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi21.2 Kb.
#1123207
Bog'liq
Variant 12


Variant 12


  1. Baxtsiz xodisa kursatkichlarini tushuntiring.

  2. Erga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o`chirish qurilmalari.

  3. Tavakkalning turlari haqida gapiring

  4. Elektr tokidan jarohatlanish turlarini ayting?

  5. Xavfsizlikni ta’minlovchi usullar va umumiy tushunchalar

1. Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish usullari. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni kamaytirish uchunularning sabablarini to‘g‘ri aniqlash va atroflicha tahlil qilish zarur. Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarning sabablarini o‘rganish va baholashni quyidagi usullar orqali amalga oshirish mumkin:


Monografik usul. Ushbu usul har bir baxtsiz hodisani alohida, chuqur tahlil qilish, uning aniq sabablarini o‘rganishga asoslangan. Bunda ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan mashinalar, mexanizmlar va boshqa texnik jihozlarning mexanik holati, ishlatiladigan materiallarning tarkibi, havo va suvning sanitar-gigiyenik holati kabi omillar tekshirilib o‘rganiladi.
Statistik usulda esa jarohatlanishlarning sabablari keng masshtabda, ya’ni tuman, viloyat, vazirliklar, tarmoqlar va umuman respublika miqyosida o‘rganiladi. U tashkilotlar va korxonalarning baxtsiz hodisalar bo‘yicha hisobotlarini statistik qayta ishlash va tahlil qilishga asoslangan bo‘lib, baxtsiz hodisalar ishchilarnng kasbi, yoshi, jinsi, ish staji kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqsimlanishini yoritadi.
Topografik usul baxtsiz hodisa ro‘y bergan joyni o‘rganish va tahlil qilishga asoslangan bo‘lib, ushbu joyni ishlab chiqarish rejasiga yoki topografik xaritaga tushirish orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiy usulda esa mehnat muhofazasi uchun ajratiladigan mablag‘lar va materiallarning baxtsizhodisalarni kamaytirishga qanchalik ta’sir etishi va baxtsiz hodisalarning iqtisodiy oqibatlari o‘rganiladi.
korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda (shuningdek, xizmat safarlarida) yuz bergan jarohatlanish, zaharlanish, kuyish, cho‘kish, elektr toki va yashin urishi, o‘ta. issiq yoki o‘ta sovuq harorat ta’siri, portlash, halokat, imoratlar, inshootlar va konstruksiyalar buzilishi natijasida hamda sudralib yuruvchi hayvonlar va hashoratlar tomonidan shikastlanishlar
2. erga ulash (zazemleniye) -elektr apparatlar, mashinalar, jixrzlar, yashin qaytargichlar va b.ni yer bilan tutashtirish. Yerga ulagichlar vositasida amalga oshiriladi. Yerga ulagich yerga koʻmiladigan metall (poʻlat, mis) elektrod va qurilmalarning yerga ulanadigan qismlarini elektrod bilan biriktiradigan oʻtkazgichdan iborat. Yerga tik qoqiladigan poʻlat quvur (vodoprovod tarmogʻi, markaziy isitish yoki gaz tarmoqlaridan boshqa) qam elektrod vazifasini bajaradi. Yerga ulanadigan qism bilan yer orasidagi qarshilikni kamaytirish uchun elektrod sizot suvlari sathi chuqurligida koʻmiladi; yerning qarshiligi katta boʻlganda elektrodga namakob quyiladi. Ye. u. radioeshittirish tarmoqlarida, radiotexnikada, simli aloqada (bunda yer oʻtkazgich vazifasini bajaradi), yashin qaytargich va b. apparatlarda (ularni ortiqcha kuchlanishdan himoya qilish, yaʼni tokni yerga oʻtkazib yuborish uchun) ishlatiladi. O’chirgich bu kommutatsion apparat bo’lib, tokni ulash va uzish uchun xizmat qiladi.
O’chirgich elektroqurilmalarda asosiy kommutatsion apparat hisoblanib, u istalgan rejimlarda: uzoq muddatli yuklamada, o’tayuklanishda, qisqa tutashuvda, salt ishlashda, asinxron ishlashda zanjirlarni ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Qisqa tutashuv toklarini uzish va mavjud q.t. ga ulash eng og’ir ma’suliyatli operatsiya hisoblanadi. Yuqori kuchlanishli o’chirgichlarga quyidagi talablar qo’yiladi:
istalgan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish (o’nlarcha amperdan nominal uziladigan tokkacha); tez ta’sir etish, ya’ni uzish vaqtining eng kichik bo’lishi; avtomatik qayta ulash uchun yaroqliligi, ya’ni o’chirgichllar uzilgan zahoti qayta tez ulash;
110 kV va undan yuqori o’chirgichlar uchun faza (qutb) bo’yicha boshqarish imkoniyati; kontaktlarini qarash va reviziya qilish qulayligi; yong’in va portlashga xavfsizligi; transportirovka qilish va uni ishlatish qulayligi.
3. Tavakkalchiliik vaziyatlardan «chiqish uchun», sub’ekt tanlov o’tkazadi va uni amalga oshirishga harakat qiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o’z ifodasini topadi. Sub’ektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o’z ifodasini topadi. Amalga oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo’lganidek, amalga oshirish bosqichida ham mavjud bo’ladi.
Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik aniq ziddiyatlarni noaniq vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish usuli bilan sub’ekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Tavakkalchilik-bu omadsizlik holatida vaqtincha tanlovga qadar bo’lgan holdan ham yomon vaziyatda bo’lish imkoniyati mavjud bo’lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat (hatti-harakat)dir. Bu tarifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda, alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi.
Tavakkalchilikni bir necha turlarga bo’lish mumkin:
- Alternativlarni amalga oshirish va tanlash jarayonida ob’ektiv va sub’ektiv ehtimolliklarga ega.
Qarorlar qabul qilishda biz 2 turdagi tavakkalchilikga yo’l qo’yamiz:
1) Tavakkalchilikni hisobga olgan holda umumdavlat qarorlarini qabul qilish;
2) Mahalliy ahamiyatga molik qarorlar qabul qilish.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishida talab va va taklif munosabatlari orasida ham ma’lum bir tavakkalchilikka tayaniladi.
Noaniq qarshiliklar natijasida yuzaga keluvchi tavakkalchilik «Vis major» deyiladi. Ko’p hollarda noaniqliklar tavakkalchilikni sinash tushunchalari deyiladi. Lekin (tavakkalchilik uchun) noaniqliklar ba’zi hollarda tavakkalchilik sifatida ko’rinadi yoki ba’zi bir noma’lum hodisalarni paydo bo’lishida yoki paydo bo’lishi bizga noaniq vaziyat ehtimoli ko’rinishida paydo bo’ladi. Amalda uzoq muddatli va qisqa muddatli tavakkalchilik mavjud.
4.  Elеktr toki bilan jarohatlanishlar umuman olganda 0,5-1,0 % ni tashkil etadi. Ammo ulardan elеktr toki natijasida o`lim bilan tugagani 20-40 % ga to`g`ri kеladi.
Elеktrjarohat- elеktr toki yoki elеktr yoyi ta'siri natijasida kеlib chiqqan jarohatdir.
Elеktr tokidan har xil sharoitlar: sim yoki tok o`tkazuvchi ochiq qismlarga tеgib kеtishdan, himoyalanganligi buzilgan bo`lsa, yoy orqali elеktr tokini ta'sir qilishi, uskunalarning mеtall qismlariga tеgib kеtishdan, tasodifan kuchlanish ostiga tushib qolish, elеktr uzatuvchi qismlarga katta o`lchamli mashinalarning(avtokranlar, don o`rish va paxta tеrish kombaynlari) ruxsat etilmagan darajada yaqinlashuvi va boshqalarda jarohatlanish mumkin.
Odamning elеktr tokidan jarohatlanishining boshqa hollariga quydagilar sabab bo`ladi:
1. Elеktr qurilmalarini o`rnatish va ulardan foydalanishda xavfsizlik tеxnikasi qoidalarining buzilishi;
2. Elеktr jihozlarining kuchlanish ostida qolgan tok o`tkazmaydigan mеtall qismlarga tеgib kеtishi;
Jarohatlanishning xavfsiz mеhnat usullarini bilmaslik.
3. Elеktr tokidan jarohatlanish sabablarini ko`rib chiqishda jarohatlanishga sabab bo`lgan elеktr jihozlarini mufassal ko`zdan kеchirish lozim. Jihoz va elеktr tarmog`i to`g`risidagi ma'lumotlarni, qurilmaning ko`chlanish kattaligi, chastotasi, quvvatini, simlarning markasini, tarmoqning hamda ta'minlash manbaining еrga nisbatan himoyalash (izolyatsiyalash) tartibini, asboblarning jarohatlanishdan oldingi va kеyingi ko`rsatishlarini, jarohatlangan kishining kiyimi hamda poyafzalining holatini (quruq, nam, zaxligini); havo haroratini aniqlab olish kеrak.


  1. Inson o'z mehnat faoliyati jarayonida bo'ladigan fazo - ish joyi deb ataladi (gomosfera). Xavf mavjud yoki vaqti-vaqli bilan paydo bo'ladigan fazoni noksosfera deyiladi. Xavfsizlikni la'niinlashga quyidagi 3 xil usullar orqali erishiladi: A) Gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqliy ma’noda ajratib qo'yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashlirish vositalari yordamidnn foydalaniladi. B) Xavflami yuqotish yo'li bilan noksosferani me’yorlashtirish. Bu usulga ishchilammg shovqin. gaz, changdan, jarohallanishidan saqlovchi shaxsiy va kollektiv himoya vositalari qo'llash. V) Bu usul ishchilami tegishli muhitga moslashishga, uni himoyalash darajasini ko'tarishga yo'natirilgan har xil vositalar va usullami o'z ichiga oladi. Kasbiga qarab tanlash. ruhiy ta'sir va (shaxsiy) himoya vositalari qo'llash. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar (kombinatsiyasi) birgalikda qo'llaniladi. Xavfsizlikni ta'minlovchi vositalarga. jamoa (kollektiv) va shaxsiy himoya vositalari kiradi. (JXV vaSHXV). Ular o'z yo'lida xavflaming turiga, tuzilishiga, ishlalish sohasiga nisbatan guruhlarga bo'linadi.

Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari ko'p. Ulami belgilarga qarab bir necha klasslaiga ajratish mumkin. Masalan: yo'llantiruvchi, texnik, tashkiliy, boshqaruv. 1. YQ'nalliruvchj; 1) Operatorning faolligi; 2) Faoliyatning muruvvatlash (odamiyligi, muruvvatliligi); 3) Tuzulishning tarlibsizlanishi (destruksiya); 4) Operatomi almashtirish; 5) Turkumlashlar (klassifikatsiya); 6) Xavflami yo'qotish; 7) Taitiblash (sistemalash); 8) Xavfni kamaytirish. 2t Texnik; I) Blokirovkalash; 2) Vakuumlash; 3 )Zichlash (germatizatsiya); 4) Masofa bilan himoyalash; 5) Mahkamlash - puxtalash; 6) To'siqlar orqali (ekranlash); 7) ojiz zveno qo‘llash; 8) Siqilgan havo qo'llash; 9) harakatlarni sckinlashtirish. 3. Tashkiliy 1) Vaqt bilan himoyalash; 2) Axborot (ma’lumotlar); 3) Zaxiralash: 4) Mos kclmaslik; 5) Me’yorlash; 6) Xodimlar tanlash; 7) Ergonomiklik. 4. Boshqaruv: 1) Moslik (адекватность); 2) Nazorat; 3) Qarshi aloqa; 4) Javobgarlik; 5) Rejalilik: 6) Rag'batlanlirishlar; 7) Samaradorlik; 8) Boshqarish.
Download 21.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling