Baxya nima? A igna gazlamada hosil qilgan qо‘shni teshiklar orasida iplar chalishuvining bitta tugallangan sikli. B moki gazlamada hosil qilgan qо‘shni teshiklar


Download 29.89 Kb.
bet5/8
Sana23.02.2023
Hajmi29.89 Kb.
#1225748
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Baxya nima

Namlab-isitib ishlash usullari
Nam-issiqlik bilan ishlov berish vaqtida materialni namlash, qizitish, kerakligicha deformatsiyalash kerak, keyin esa quritiladi va materialni sovitishga qo‘yiladi. Demak, materialning qanchalik namligi, uning qizitilish harorati, bosim, ishlashning va nam surilishining davomiyligi nam-issiqlik bilan ishlov berish natijalarini ko‘rsatadigan asosiy omillar hisoblanadi. Ana shu ko‘rsatkichlarning eng muvofiq qiymatlarini tanlab olish nam-issiqlik bilan ishlov berishning ratsional rejimini belgilaydi. Turli tolalardan to‘qilgan materiallar uchun nam-issiqlik bilan ishlov berish rejimlari ham turlicha bo‘ladi.
Tikuvchilikda uch xil namlab-isitib ishlash bor: dazmollash, presslash va bug'lash. Dazmolning ish qismini namlangan yarimfabrikat ustida 14700 Pa gacha bosim bilan birin-ketin surib nam-issiqlik bilan ishlov berish dazmollash deb ataladi. Dazmollash uchun qo‘l dazmollari va mexanizatsiyalashgan dazmollar, dazmol stollari ishlatiladi. Ishlov berishning ratsional rejimiga rioya qilish qiyinligi va mehnat unumdorligi kamligi dazmollashning kamchiliklari hisoblanadi.
Qo'lda dazmollashdagi mehnat unumi past, dazmollovchilarning mehnat sharoiti esa og'ir. Qo'l dazmolida ishlashdagi harakatlar nihoyatda murakkab va dazmollanayotgan detalning shakliga bog'liq. Bunday ish jarayonini mexanizatsiyalashtirish juda qiyin. Shunday bo'lsa ham mexanizatsiyalashgan dazmollar bor. Bu dazmollarning ish organlari qo'l dazmollari organlari bilan bir xil bo'lib, faqat bosim kuchigina pedal yordamida o'zgarishi mumkin. Dazmollar elektr bilan yoki bug' bilan ishlaydi, shuningdek bug'-elektr dazmollar ham bo'ladi.
Presslash – gazlama surilmaydigan qizdirilgan ikki sath orasida siqib namlab-isitib ishlash demakdir. Presslashda mahsulot bug‘lanadi, press yostiqchalarida muayyan bosim hosil qilinadi, namlik suriladi. Berilgan parametrlarni ta’minlash uchun kerakli presslash vaqti 60 soniyagacha bo‘ladi. Mahsulotlar va buyumlar xilma-xil konstruksiyali presslarda dazmollanadi. Bug‘lashda material tolalarida oldingi ishlovlar natijasida hosil bo‘lgan kuchlanish yo‘qotiladi, shuningdek, ba’zi bir yaltirab qolgan joylar (yaltiroq dog‘lar) yo‘qotiladi. Bug‘lash buyumga ishlov beriladigan joylarga bug‘ oqimini yuborish yo‘li bilan bajariladi.
Texnologik jihatdan presslar dazmollovchi, buklovchi va bug'lovchi turlarga bo'linadi. Presslar pnevmatik, gidravlik yoki elektromexanikaviy usulda ishlaydi. Texnologik konstruktsiya va ishlash osonligi jihatidan ham pnevmatik presslar qulay.



  1. Download 29.89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling