Bayon – bolalar nutqini oʻstirish omili
ONA TILIDAN NAMUNAVIY DARS ISHLANMALARI
Download 55.58 Kb.
|
2-mustaqil ta'lim Sirtqi BTS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy
- Darsning borishi: Tashkiliy qism
- Husnixat daqiqasi: Husnixat daqiqasining mavzusi.
ONA TILIDAN NAMUNAVIY DARS ISHLANMALARI
1 - DARS Takrorlash Dars mavzusi. Gap va soʻz (1−4-mashqlar). Darsning maqsadi: Ta’limiy: oʻquvchilarda nutqning ogʻzaki va yozma shakli haqidagi bilimlarini, gap tugallangan fikr anglatishini, gap soʻzlardan tuzilishi hamda gapning mazmuniga koʻra tinish belgilarini ishlatilishiga oid bilimlarini umumlashtirishdan iborat. Tarbiyaviy: oʻquvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: ogʻzaki va yozma nutqni rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga oʻrgatish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi dars. Dars metodi: suhbat, kichik guruhlar bilan ishlash, boshqotirma. Dars jihozi: tarqatma materiallar, rasmlar, didaktik materiallar, multimediali ilovalar. Darsning borishi: Tashkiliy qism: salomlashish; davomatni aniqlash; navbatchi axborotini tinglash; oʻquvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish. Husnixat daqiqasi: Husnixat daqiqasining mavzusi. Kichik “i” harfini toʻgʻri va chiroyli yozishga oʻrgatish. Husnixat daqiqasining maqsadi: oʻquvchilarni kichik “i” harfini toʻgʻri va chiroyli yozishga oʻrgatish. Husnixat daqiqasining borishi. 1. Oʻquvchilarning darsga tayyorgarliklarini nazorat qilish, sinfdagi “Yozish vaqtida toʻgʻri oʻtir!” nomli plakatdan foydalanib oʻquvchilarga dars stoliga to‘g‘ri oʻtirish hamda daftarni toʻgʻri tutish qoidalarini eslatish; 2. Oʻquvchilarga barmoqlarning harakatini oʻstiruvchi mashqlar bajartiriladi. Bunda mashqlarni oʻtirgan holda bajarish mumkin. Chunonchi, qoʻllarni oldinga uzatib, barmoqlar harakatlantiriladi. Bir deganda, barmoqlar ochiladi, ikki deganda, barmoqlar yopiladi (bu mashq 3−4 marta takrorlanadi). Sinfda jismoniy mashq daqiqalarini oʻtkazish nafaqat ta’lim-tarbiya, gigiyena qoidalarini bajarish, balki oʻquvchilarning jismoniy jihatdan sogʻlom oʻsishiga, qaddi-qomatining toʻgʻri va erkin shakllanishiga yordam beradi. 3. Kichik “i” harfining yozilishini mashq qilish. Oʻqituvchi doskada “i” harfini, uning unsurlarini va qanday yozilishini tushuntirib beradi. Shundan soʻng “i” harfini doskaga yozib koʻrsatadi. Oʻquvchilar esa uning yozilishini diqqat bilan kuzatadilar. Oʻqituvchi doskada harf unsurlarini tushuntirish bilan birga unung bir butun shaklda yozilishini ham eslatib oʻtadi. 4. Oʻqituvchi bosma va yozma “i” harfini bir-biri bilan solishtirib koʻrsatadi. Oʻquvchilarga kichik “i” harfining bosma va yozma shakllarini bunday taqqoslab koʻrsatishning ahamiyati shundaki, koʻpchilik oʻquvchilar ayrim harflarni kitobdagi bosma shakliga oʻxshatib yozadlar. 5. Oʻqituvchi doskaga kichik “i” harfini unsurlarga ajratmay, bir butun shaklda yozilishini koʻrsatib beradi. Oʻquvchilar yozishni davom ettiradilar. Kichik “i” harfining bir necha kichik harflar bilan bogʻlanishi koʻrsatib beriladi, oʻquvchilar esa bu mashqni oʻz daftarlarida bajaradilar. Daftarga bir qator kichik “i” harfini va shu harf bilan bogʻlangan soʻzlarni yozadilar: ibrat, iftixor, ilm, igna. Dars davomida yozuv qoidalariga qat’iy amal qilish lozim ekanligini eslatib oʻtiladi. 6. Dars jarayonida toza va chiroyli yozgan oʻquvchilarning daftarlari namuna qilib koʻrsatiladi. Download 55.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling