Bayonnoma №3 27/12. 2021 yil 55- umumiy o’rta ta’lim maktabining 10- sinf o’quvchilarining sinf majlisi
Download 17.92 Kb.
|
3 ch bayonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig’ilish qaror qiladi
- Sinf rahbari: Sultonova S. Bayonnoma №3 25/12.2021 yil 55- umumiy o’rta ta’lim maktabining 10- sinf o’quvchilari ota- onalarining yig’ilishi
- Sinf rahbari: Sultonova S.
Bayonnoma №3 27/12.2021 yil 55- umumiy o’rta ta’lim maktabining 10- sinf o’quvchilarining sinf majlisi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishga 19 ta o’quvchi qatnashdi. Ko’riladigan masalalar: 1.Maktab o’z uyim ,unga mening qo’shgan hissam 2.”Eng faol sinf” ko’rik-tanlovlarida sinfning ishtiroki haqida 3.2-chorak yakunlari va 3- chorakda qilinadigan ishlar haqida Birinchi masala yuzasidan sinf rahbari Sultonova S. so’zga chiqdi. U o’z so’zida o’quvchilarning maktab mulkini asrab avaylashi haqida va har bir o’quvchi “Maktab o’z uyim,unga mening qo’shgan hissam” shiori bo’yicha ish olib borishi kerakligini aytib o’tdi. O’quvchilarning maktabga qo’shgan hissasi bu maktab mulkidan tashqari maktabning tevarak atrofiga ham mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekib o’z hissalarini qo’shishini aytib, kelajakda maktabni bitirib ketganlaridan so’ng ulardan maktabga shu narsalar qolishini aytib o’tdi. Ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari Sultonova Saltanat so’zga chiqib, maktabda o’quvchilarning davomati, dars mashg’ulotlariga qatnashishi va turli xil ko’rik – tanlovlarga sinf o’quvchilarining ishtiroki bo’yicha “Eng faol o’quvchi ” va “Eng faol sinf” nominatsiyasi bo’yicha sinfning ishtiroki haqida tushuntirib o’tdi. Sinfda bu nominatsiyalarga nomzod qilib Eshmamatova Charos, Samatova Muborak va Fayzullayeva Mahliyolarni aytib o’tildi.Bu o’quvchilarni oquv yili yakuni munosabati bilan faxriy yorliqlar bilan rag’batlantirildi. Uchinchi masala bo’yicha ham sinf rahbari Sultonova Saltanat so’zga chiqib, 2- chorak yakunida olgan baholari haqida baon qildi. Har bir oquvchining o’zlashtirishini alohida tahlil qilib o’tdi.Past ozlashtirgan o’quvchilarga tanbeh berib o’tildi. 3- chorakda yaxshi baholarga o’zlashtirilishi haqida aytib o’tildi. Sinf rahbari o’quvchilarinig dars mashg’ulotlariga qatnashishini KUNDALIK COM orqali kuzatib borayotganligini tushuntirib o’tdi. Yig’ilish qaror qiladi: 1.“Maktab o’z uyim,unga mening qo’shgan hissam” shiori bo’yicha ish olib borishi har bir o’quvchilar zimmasiga yuklatilsin. 2.Maktabda “Eng faol o’quvchi ” va “Eng faol sinf” nominatsiyasi bo’yicha faxrli o’rinlarni olish uchun sinf o’quvchilari birgalikda faol qatnashishlari shart. 3.Sinfdagi sust o’zlashtiruvchi o’quvchilar 3- chorakda yaxshi baholarga o’zlashtirilishi sinf rahbari tomonidan nazoratga olinsin. Sinf rahbari: Sultonova S. Bayonnoma №3 25/12.2021 yil 55- umumiy o’rta ta’lim maktabining 10- sinf o’quvchilari ota- onalarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishga 16 ta ota- ona qatnashdi. Ko’riladigan masalalar: 1.O’quvchilar davomati haqida 2. O’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida to’garaklar va onlayn tanlovlarga ishtirokini ta’minlash to’g’risida 3.2-chorak yakunlari haqida Birinchi masala yuzasidan sinf rahbari Sultonova Saltanat so’zga chiqib, sinf o’quvchilarining davomati haqida aytib o’tdi.Sinf davomati qancha yaxshi bo’lsa, shuncha samaradorlik ham yuqori bo’lishini tushuntirib o’tdi. Maktabda har bir sinfning davomati bo’yicha maktab ma’naviy-ma’rifiy islar bo’yicha direktor o’rinbosari Abdug’aniyeva D shug’ullanib, sinfdagi o’quvchilar davomatining kunlik nazorati haqida ogohlantirib o’tadi. Ikkinchi masala yuzasidan ham sinf rahbari so’zga chiqdi. U o’z so’zida barcha o’quvchilarning kelajakdagi tanlagan kasblari haqida to’xtalib o’tdi. Qanday kasb egasi bo’lishingizdan qat’iy nazar hayotda yetuk inson bo’lib etishish kerakligi haqida alohida ta’kidlab o’tdi. Buning uchun avvalo a’lo baholarga o’qish va ta’lim- tarbiyani birgalikda olib borish kerakligini aytdi. Inson tanlagan kasbi bilan Vatanga xizmat qiladi. Vatan uchun doim yonib yashash kerak. Uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari Sultonova Saltanat so’zga chiqib, II chorak yakuni haqida gapirdi. O’quvchilarning chorak yakunida olgan baholarini ota – onalarga o’qib eshittirdi.Eng faol qatnashgan o’quvchilarning ota- onalarini rag’batlantirib o’tdi. Bu o’quvchilarning ota – onalariga minnatdorlik uchun tashakkurnomalar berildi. Bundan keyin ham yanada ma’sulyat bilan farzandining hulqi va bilim samaradorligini nazorat qilib borishini aytib o’tdi. Sust o’zlashtirgan o’quvchilarga ham alohida diqqat- e’tibor qaratish lozimligini aytib, ularning ota – onalariga uyda farzandining dars qilishini kuzatib borishini uqtirdi. Yig’ilish qaror qiladi: 1.Sinf o’quvchilarining davomatini nazorat qilish sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin. 2.O’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida to’garaklar va onlayn tanlovlarga ishtirok etishini naorat qilish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. 3.Sinfdagi eng faol o’quvchilar ota – onalariga tashakkurnomalar sinf rahbari tomonidan tashkil etilsin. Sinf rahbari: Sultonova S. Download 17.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling