Bayonnomasi №1
Download 8.57 Kb.
|
1-йиғилиш (2)
Qo’shrabot tumani xalq ta’limi bo’limi taarrufidagi 61-umumiy o’rta ta’lim maktabining direktor oldi ishlab chiqarish yig’ilishi Bayonnomasi №1 28.08.2021 yil Yo’l-o’tar qishlog’i Yig’ilish raisi: R.To’xtamishev Yig’ilish kotibi: T.G’aybullayev Yig’ilishda 45 nafar ishchi xodim ishtirok etdi. Kun tartibida 1.Pandemiya sharoitini hisobga olgan holda maktabni yangi o’quv yiliga tayyorlash ishlarning borishi haqida. Maruzachi: Z.To’xtamishev 2.O’quvchilarni darslik bilan ta’minlanish ahvoli haqida Ma’ruzachi: I.Rajabov 3.2021-yil avgust oyida tuman XTB tomonidan o’qituvchilardan olingan diktant va test natijalari to’g’risida Ma’ruzachi: A.Eshmanov Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan so’zga chiqqan maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Z.To’xtamishev yangi 2021-2022 o’quv yili 6 sentyabrdan boshlanishini, bilimlar bayrami kuni bilan bir vaqtda O’zbekiston Respublikasining mustaqilligining 30 yilligini nishonlashga ham tayorgarlik ko’riliyotganini, bayramni tantanali nishonlashda hozirgi kunda joriy etilgan karantin choralarga qat’iy rioya etgan holda, mutasaddi tashkilotlar tomonidan kelgan ko’rsatma va maxsus komissiya tomonidan belgilangan pandemiya davrida belgilangan me’yorlar asosida tadbir o’tkazish ma’lum cheklovlar asosida tayorgarlik ko’rilayotganligini, sinf xonalar, zal va maktab hovlisi bayramona ruhda bezatilganligini, maktab pedagogik jamoasi va sinf rahbarlari bilan bu haqda tushintirish io’lari olib borilganligini, maktab fayesi kirish qismiga zararsizlantirish nuqtasi tashkil etilib, unga antiseptik vositasi va kiruvchilar tana harorati va holatni nazoratdan o’tkazish uchun harorat o’lchovchi vosita va tibbiy xodim va navbatchi o’qituvchi biriktirilganligi, kiruvchilarning harorati va holati kunlik qayd etish daftari joriy etilganligini, maktabning qurilgan qo’shimcha binosi jihozlanmaganligi sababli dars mashg’ulotlari 2 navbatda amalga oshirilishi kutilayotganligi sababli 6ta o’quv xonasi yangi o’quv yiliga tayor holatga keltirilganligini, kirish fayesi va zallarda o’quvchilar qanday harakatlanishi uchun chiziqlar chizilganligini maktabda yangi o’quv yili uchun barcha tayorgarlik ishlari to’liq amalga oshirilganligi aytib o’tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan so’zga chiqqan XIBDO’ X.Abduraxmanov va N.Kenjayev hamda V.Shakarovlar ham o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tdi. Yuqoridagi fikr mulohazalarni tinglab yig’ilish qaror qiladi. 1.Z.To’xtamishevning axborati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Maktab holati pandemiya sharoitiga to’liq rioya qilgan holda yangi o’quv yiliga tayor holda deb hisoblansin. 3. Qarorni ijrosini ta’minlash va nazorat qilish MMIBDO’ Z.To’xtamishev zimmasiga yuklatilsin. Eshitiladi: Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan maktabning kutubxonachisi I.Rajabov so’zga chiqib 2021-2022 o’quv yili uchun ijara darsliklari bilan ta’minlanish darajasi va ijara to’lovlari miqdori haqida axborat berib, ijara darsliklari bilan ta’minlanish darajasi maktabda asosan 3-sinf, 7-sinf va 10-sinfda taqchillik sezilayotganligini, ushbu yetishmovchilik va ma’lumotlar tuman xalq ta’limi markaziy kutubxona uslubchisiga berilganligini, yetishmaydigan kitoblar biriktirilgan maktablar bilan almashish orqali ta’minlanish yo’lga qo’yilganligini, 10 komlektdan ortig’i qo’shimcha buyurtma orqali olib kelish nazarda tutilganligini haqida axborat berdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan so’zga chiqqan T.G’aybullayev, M.Murtozayeva va R.Ulug’murodovlar ham o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tdilar. Yuqoridagi axboratni eshitib, fikr mulohazalarni tinglab yig’ilish qaror qiladi: 1. I.Rajabovning axborati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Ijara darsliklar kitobi yillik to’lov miqdori hamma ko’radigan joyga ma’lumot uchun ilib qo’yilsin. 3. Yetishmaydigan darsliklar soni aniqlansin va tuman XTB ga bildirish kiritilsin. 4. Qarorni ijrosini ta’minlash va nazorat qilish MMIBDO’ Z.To’xtamishev zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi navbatdagi masalalar yuzasidan o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari A.Eshmanov so’zga chiqib, 2021 yil avgust oyida tuman xalq ta’limi bo’limi tomonidan maktab pedogog xodimlaridan olingan yozma ishlar natijasi to’g’risida axborat berib, natijalar qoniqarldi emasligini aksariyat o’qituvchilar tomonidan qoniqarsiz baholar olinganligini, kelgusi oyda o’qituvchilar o’z ustida ishlashlari kerakligini, yozma savodxonlik va fanlari bo’yicha puxta tayorgarlik ko’rishlari zarurligi haqida to’xtalib o’tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan A.Tursunov, M.Safarov va R.Po’latovlar ham o’z fikr mulohazalarini bildirdilar. Yuqoridagi axbaorat hamda fikr mulohazalarni bildirib yig’ilish qaror qiladi. 1.A.Eshmanovning axborati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. 2021-yil avgust oyida o’qitvchilardan olshingan yozma ish va test natijalari xato va kamchiliklari ko’rsatilgan holda qoniqarli deb topilsin. Kamchiliklar bartaraf etilishi uchun har bir o’qitiuvchi chora-tadbir rejasini tuzib olib kamchiliklarni bartaraf etsin. 3. Qarorni ijrosini ta’minlash va nazorat qilish O’IBDO’ A.Eshmanov zimmasiga yuklatilsin. Yig’ilish raisi: R.To’xtamishev Yig’ilish kotibi: T.G’aybullayev Download 8.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling