Bayonnomasi Muzrabot tumani
Download 311.16 Kb.
|
Bayonnoma 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig’ilishda ko’rilgan masalalar
- Yig’ilish qarori
Tasdiqlayman Maktab direktori: N.Jumayev Muzrabot tumani XTB ga qarashli 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi 11-sinf rahbari Choriyeva Nigora Qurbonovnaning ,,Giyohvandlikka qarshi kurash” mavzusida o’tkazgan yig’ilish Bayonnomasi Muzrabot tumani 28.04.2021y Yig’ilish raisi: N.Choriyeva Kotibi: N.Nomozova Qatnashdilar:11-sinf o’quvchilari 25/11 Yig’ilishda ko’rilgan masalalar: 1.Yoshlar o’rtasida narkotik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash 2.Yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish Yig’ilishda yuqoridagi masalalar yuzasidan 11-sinf rahbari N.Choriyeva so’zga chiqdi.Giyohvandlik va uning inson organizmiga zarari,giyohvand kim ?,yshlarning bu illatga yaqinlashmasligi,huquqbuzarlik nima?,yoshlar tomonidan qanday turdagi jinoyatlar sodir etilmoqda kabi masalalarda ma’ruza qildi.Shuningdek u maktabda giyohvandlik va uning oqibatlari bo’yicha insho,rasm tanlovlari o’tkazilishi maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidladi. Yuqoridagi masalalar yuzasidan muzokaralarda shu sinf o’quvchilari Doniyorov Diyorbek va Shoto’rayev Sherali o’z fikr mulohazalarini bildirdi.Mamalakatimizda bugungi kunda yoshlarga kata e’tibor berilayapti.Ular uchun zamonaviy maktablar,akademik litseylar va texnikumlar qurib berilgan.Ana shu imkoniyatlardan to’g‘ri foydalanib yoshlar butun diqqat e’tiborini ilm olishga,o’z dunyoqarashini ma’naviyatini shakllantirishg qaratishi kerak.Mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash,yuksak ma’naviyatli,mustaqil va erkin fikrlaydigan,zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o’zlashtirgan har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish kerakligini aytishdi. Yig’ilish o’zaro savol-javob tarzida davom ettirilib,o’quvchilar yuqoridagi masalalar va o’zlarini qiziqtirggan masalalar yuzasidan savollar berib,savollarga sinf rahbari tomonidan aniq javob oldilar. Yig’ilish qarori: 1.Yoshlarni yanada sog’lomlashtirish maqsadida sinf o’quvchilari o’rtasida sport musobaqalari o’tkazilsin. 2.O’quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish uchun ertaliklarda o’quvchilarga huquqiy tushunchalar berib borilsin. 3.Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish sinf rahbari N.Choriyeva zimmasiga yuklatilsin. Yig’ilish raisi: N.Choriyeva Kotibi: N.Nomozova Download 311.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling