Baxmal tuman xtb ga qarashli 61-umumiy o’rta ta'lim maktabida Voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida o’tkazilgan umumiy yig’ilish bayonnomasi


Download 48.84 Kb.
bet1/6
Sana08.06.2023
Hajmi48.84 Kb.
#1463071
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Пирфилактика тадбири


Baxmal tuman XTB ga qarashli 61-umumiy o’rta ta'lim maktabida Voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida o’tkazilgan umumiy yig’ilish


B A Y O N N O M A S I

“Oyqor” QFY 30-mart 2022 yil


Qatnashdilar: -Maktab dirеktori F.Ataboyev, Psixolog inspektori M.Tog’ayev, MMIBDO’ Sh.Musayev, maktab amaliyotchi psixologi I.Almamatov, sinf rahbarlari hamda 10-11-sinf o’quvchilari.


KUN TARTIBIDA :
1. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish to’g’risida.
2. Psixolog inspektori M.Tog’ayev o’quvchilar ko’chada, uyda, marosimlarda, transport vositalarida harakatlanganda qanday qoidalari va maktab ichki tartib qoidalariga bo’ysinishi haqida tushunchalar berish.
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab dirеktori F.Ataboyev so’zga chiqib birinchi navbatda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar bo‘yicha komissiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Baxmal, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarni tegishincha Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar etib qayta tashkil etilishi belgilab qo‘yildi. “Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida”gi va ‘Huquqbuzarlik profilaktikasi to’g’risida”gi qarorlar to’g’risida ham o’quvchilarga chuqurroq ma’lumotlar berib o’tdi.
Psixolog inspector M.Tog’ayev quyidagilarni aytdi. Voyaga yetmaganlar — amaldagi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko’ra, 18 yoshga yetmagan fuqarolarni tarbiyalash vazifasi — davlat burchi, fuqarolarning esa konstitutsiyaviy majburiyati hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolar kabi Voyaga yetmaganlarning bilim olish, mehnat qilish, dam olish, mulkdor bo’lish kabi huquqlari ta’minlangan (36-40-41-moddalar). O’zbekiston Respublikasi FKda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan Voyaga yetmaganlarning muomala layoqati belgilangan, ular ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylar roziligisiz mustaqil ravishda:
1) o’z ish haqi, stipendiyasi va b. daromadlarini tasarruf etish;
2) fan, adabiyot yoki san’at asarining , ixtironing yoxud o’z intellektual faoliyatining qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa natijasining muallifi huquqini amalga oshirish;
3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo’yish va ularni tasarruf etish;
4) mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzishga haqpi ekanligi ko’rsatilgan, boshqa bitimlarni ular o’z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Ular roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan yoki mehnat shartnomasi bo’yicha ishlayotgan 16 yoshga to’lgan Voyaga yetmaganlar muomalaga to’la layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin (27-28-29-moddalar). Voyaga yetmaganlar mehnatga oid munosabatlarda katta yoshdagi xodimlarga tenglashtiriladi, lekin mehnat muhofazasi, ish vaqgi, ta’tillar berish va b. mehnat shartlari bo’yicha qo’shimcha imtiyozlardan foydalanadi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida 18 yoshga to’lmagan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar, ularning mehnatga oid huquqlari va h.k. belgilab berilgan (239—247-moddalar). Voyaga yetmaganlarning jinoiy ishlarini yuritishda maxsus qonun me’yorlari orqali qo’shimcha huquqlar kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari huzurida Voyaga yetmaganlar ishi bilan shug’ullanuvchi komissiyalar tuzilgan.

Maktabning ma’naviy ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Sh.Musayev so’zga chiqdi. Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarga nisbatan ta'sir ko‘rsatish choralari sifatida quyidagilarga haqli:



  • voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish;

  • ogohlantirish chiqarish;

  • o‘n besh yoshga to‘lgan voyaga yetmagan zimmasiga, agar u mustaqil ish haqiga ega bo‘lsa va zarar miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini yuklash yoki belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan ortiq bo‘lmagan moddiy zararni o‘z mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish;

  • o‘n olti yoshga to‘lgan va mustaqil ish haqiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganga O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solish;

  • voyaga yetmaganni o‘z ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek ularning roziligi bilan mehnat jamoasi yoki nodavlat notijorat tashkiloti kuzatuviga topshirish;

  • voyaga yetmaganni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish.

Yig’lish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qabul qildi.


QAROR:

1. Maktabning har bir sinfida voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlikni oldini olish to’g’risida bir soatlik tarbiyaviy dars o’tilsin.


2. Maktabning ichki nazorati va tartib qoidalari bo’yicha o’quvchilar nazorati Sh.Musayev zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori: F.Ataboyev

MMIBDO’: Sh. Musayev


Ellikqal'a tuman XTB ga qarashli 63-umumiy o’rta ta'lim maktabida Profilaktika Inspektori bilan Voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida o’tkazilgan umumiy yig’ilish

Download 48.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling