Baxmal tuman xtb ga qarashli 61-umumiy o’rta ta'lim maktabida Voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida o’tkazilgan umumiy yig’ilish bayonnomasi
Download 48.84 Kb.
|
Пирфилактика тадбири
B A Y O N N O M A S I
“Guldursun” OFY 28-oktabr 2021-yil Qatnashdilar: maktab dirеktori F.Seytnazarov, Psixolog inspektori G’.Kenjabayev, MMIBDO’ S.Sarsenbayeva, sinf rahbarlari hamda 10-11-sinf o’quvchilari KUN TARTIBIDA : 1. O’quvchilarning tungi harakatlanishlarini nazoratga olish to’g’risida. Davra suhbatini “Guldursun” OFY inspeksator psixolog G’.Kenjabayev kun tartibidagi masalalar yuzasidan tanishtirib o’quvchilarning harakatlanish vaqtlari haqida gapirdi. Maktab ichki tartib qoidalariga bo’ysunish darsga kelgan vaqtda tegishli maktab kiyimida kelishi, shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilinishiga e’tobor berish hollari haqida gapirdi. Har bir inson yoshligidan boshlab sport bilan muntazam shug’ullanishi lozimligi haqida ma’ruza o’qidi. Huquqbuzarlik harakatlariga, zararli odatlar, sport bilan shug’ullanmaslik, kitob o’qimaslik, ustozlar va ota ona o’gitlariga amal qilmaslik sabab bo’lishi haqida gapirdi. “Аsr vabosi” deb atalgan illat, oilalarning buzilishi deb atalayotgan bu illat tinch-totuv yashayotgan oilalarning buzilishi, oqibatida bolalarning yetim bo’lib qolishi o’smir davrida 11 yosh bilan 17 yosh o’rtasida kuzatiladi, shu davrda ularning organizmi har xil yot illatlarga beriluvchan bo’ladi. Yoshlar o’rtasida noqonuniy chet ellarga chiqish va uning salbiy oqibatlarga tushib qolishi, odam savdosi bilan shug’ullanuvchilar qurboniga aylanishi o’gir mehnatdan majruh bo’lib qolish. Turli terroristik tashkilotlar va esktremizm guruhlar orasiga tushib qolish xozirgi davrning dolzarb muammosi ekanligini ta’kidlab o’tdi. Kun botganidan so’ng o’quvchilarning tungi paytlarda harakatlanishlarini nazoratga olis borasidan tungi reydlarning natijalari haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi. Maktab MMIBDO’ S.Sarsenbayeva davlatimiz tomonidan yoshlarga tartib berilayotgan sharoitlar, zamonamiz tinchligi va bunday imkoniyatlardan foydalanib hayotda o’z o’rnimizni topib ketish uchun yaxshi o’qish, muntazam darslarga, turli to’garaklar, sport seksiyalariga qatnashish zarurligi to’g’risida gapirib bekorchilik qanday oqibatlarga olib kelishini misol keltirib o’tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qabul qilindi. QAROR: 1. Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini tashkil qilish fan va sport to’garaklariga jalb qilish ishlarini qattiq nazoratga olish, o’quvchilarga tungi reyd davomida olib borilgan kelin chiqqan ko’ngilsizliklari haqida yig’ilish o’tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Sinf rahbarlari va barcha fan o’qituvchilariga o’quvchilar davomati va tartib intizomini nazorat qilish vazifasi maktabning MMIBDO’ S.Sarsenbayeva zimmasiga yuklatilsin. Yig’ilish raisi: F.Seytnazarov MMIBDO’: S.Sarsenbayeva Ellikqal'a tuman XTB ga qarashli 63-umumiy o’rta ta'lim maktabida Profilaktika Inspektor psixologi bilan Voyaga yetmaganlar o’rtasida o’quvchilarning tungi harakatlanishlarini nazoratga olish maqsadida o’tkazilgan yig’ilish Download 48.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling