Bayonnomasi o’tkazilgan sana
Download 32 Kb.
|
KONSTITUTSIYA-12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqti
- Asosiy qomusimiz-kuchli demokratik-fuqarolik jamiyat sari”
- “Asosiy qomusimiz-kuchli demokratik-fuqarolik jamiyat sari”
- Ma`naviy-ma`rifiy, axloqiy-tarbiyaviy ishlari bo’yicha dekan muovini: katta o’qit. A.Allaberdiyev
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O`ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan “Asosiy qomusimiz-kuchli demokratik-fuqarolik jamiyat sari” mavzusidagi adabiy-badiiy kecha BAYONNOMASI O’tkazilgan sana: 2011 – yil 8– dekabr Vaqti: soat 11-30 O’tkazilgan joyi: NDPI, Bosh bino, katta Faollar zaliuda. Qatnashchilar: 1. Ibragimov X – institut rektori, professor, Rossiya pedagogika fanlar akademiyasining akademigi. 2. Hoshimov A. T – Hoshimov A. T – ma`naviy-ma`rifiy, axloqiy-tarbiyaviy ishlari bo’yicha 1–prorektor 3. Axmedov A.A. – o’quv ishlari bo’yicha prorektor, dotsent 4. Ro`ziyev R. A – ilmiy ishlar bo’yicha prorektor dotsent 5. X.Isanov – “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri. 6. B.Jamolov - Navoiy viloyat prokurori, adliya katta maslahatchisi 7. R.Tursunov- Navoiy viloyati IIB boshlig`i, polkovnik 8. Tarix fakulteti dekani dat: R.Qarshiyev 9. R.SH.Hayitov – “Kamolot” YoshIH yetakchisi. 10. Tarix fakulteti professor – o’qituvchilari va talabalari. Hoshimov A. T – ma`naviy ahloq tarbiya ishlari bo’yicha 1 – prorektor “Asosiy qomusimiz-kuchli demokratik-fuqarolik jamiyat sari” mavzusidagi adabiy-badiiy kechani ochiq deb e`lon qilib, so’zni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor X. I Ibragimovga berdi. Professor X.Ibragimov “O’zbekiston Konstitutsiyaning tarixiy ahamiyati” mavzusida ma`ruza qildi. – “Asosiy qomusimiz-kuchli demokratik-fuqarolik jamiyat sari” mavzusidagi adabiy-badiiy kecha ishtirokchilarini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19– yilligi bayrami bilan tabrikladilar. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, uning Konstitutsiyasiyaviy asosini yaratish asosiy vazifaga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi to’g’risida ma`ruza qildilar. Jamiyatda Konstitutsiyaviy rivojlanish silsilasida aholining barcha qatlamlari huquqiy madaniyatini, jumladan, Konstitutsiyaviy savodxonligini favqulotda oshirishni taqazo etdi. Shundan so’ng, B.Jamolov - Navoiy viloyat prokurori, adliya katta maslahatchisi “Konstitutsiyada demokratiya va ijtimoiy adolat prinsiplari” mavzusida ma`ruza qildi. R.Tursunov- Navoiy viloyati IIB boshlig`i, polkovnik “Konstitutsiyada inson huquqlari” mavzusidagi ma`ruzasi bilan ishtirok etdi. Adabiy-badiiy kechada “Milliy istiqlol g’oyasi, huquq va ma`naviyat asoslari” kafedrasi mudiri, dots X.Isanov “Konstitutsiya-inson manfaatlari himoyachisi” mavzusida ma`ruza qildilar. Ma`ruzalardan so’ng savol–javoblar qizg’in o’tdi. Yoshlarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyatlarini yuksaltirish borasida institut miqyosida, viloyatimiz miqyosida amalgam oshirayotgan ishlar to’g’risida ham batafsil to`xtalib o’tdilar. R. Haitov 4- kurs talabasi“Konstitutsiya – ma`naviyatimiz taraqqiyotining omili” mavzusida ma`ruza qildi. Unda ma`naviy barkamol, etuk insonlar tarbiyasida, komil insonni tarbiyalashda huquqiy ta`limning ham ahamiyati katta ekanligi aytib o’tildi. Tarix fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy chiqishlari barchaga manzur bo`ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlanib “Asosiy qomusimiz-kuchli demokratik-fuqarolik jamiyat sari” mavzusidagi adabiy-badiiy kecha ko`tarinki ruhda o’tdi. QAROR QILINDI: Yoshlarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, ularda insonparvarlik, vatanparvarlik hislarini rivojlantirish maqsadida ko’plab ilmiy–amaliy konferensiyalar tashkil etilsin. O”zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20yilligi bayrami barcha fakultetlarda, barcha akademik guruhlarda katta ehtirom bilan nishonlanishi, tadbirlar o’tkazilishi ta`minlansin. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishga, talabalarning huquqiy bilimlarini oshirishga katta e`tibor qaratilsin. Televideniya, radio va vaqtli matbuotlarda chiqishlari uyushtirilsin Ma`naviy-ma`rifiy, axloqiy-tarbiyaviy ishlari bo’yicha dekan muovini: katta o’qit. A.Allaberdiyev Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling