Bayonnomasi №
Download 22.61 Kb.
|
Pedkengash bayoni ishchi guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibidagi masala
- Kengash raisi: I.Erbo`tayev Kengash kotibasi: M.Qo`shmurodova
SHarof Rashidov tumanidagi 38-sonli maktabning pedagogik kengashi yigilishi Bayonnomasi №_________ “ ” ___________ 2023 yil Tuyoqli MFY Kengash raisi: - maktab direktori I.Erbo`tayev Kengash kotibasi: - maktab menejeri M.Qo`shmurodova Ishtirok etdi: 53 nafar pedagog-o‘qituvchilar. Kun tartibidagi masala: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30-sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom” ga asoan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhini (keyingi o‘rinlarda ishchi guruhi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risida. Kun tartibidagi masala yuzasidan pedagogik kengash raisi-maktab direktori S.Bo‘rieva so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30-sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom” ning 4-bob, 10-bandi talablariga muvofiq pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibini tasdiqlab olish kerakligi xaqida fikr bildirdi hamda ushbu qaror talablariga ko‘ra ishchi guruhi tarkibiga kimlar kiritilishi xaqidagi ma’lumotni yig‘ilish ishtirokchilari e’tiboriga etkazdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari S.Isoqova, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi S.Qo`shmurodov, informatika fani o‘qituvchisi E.Jabborovlar va boshqalar ham so‘zga chiqib, ishchi guruhi tarkibini tasdiqlash haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar. Kun tartibidagi masala muhokamasi natijalari asosida pedagogik kengash: QAROR QILADI: 1. 38-sonli maktab pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi quyidagi ro`yxat asosida tasdiqlansin. - Ishchi guruhi rahbari: - maktab direktori I.Erbo`tayev - Ishchi guruh a’zolari: -direktor o‘rinbosari F.Xudoyqulov -kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi S.Qo`shmurodov - boshlang`ich sinf fani o‘qituvchisi Qodirova Mastura -kuzatuv kengashi a’zosi O.Turatova -o‘quvchilarning ota-onalari vakili Z.Ismatova -Ishchi guruh mas’ul kotibi: - maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari S.Isaqova 2. Ishchi guruhiga - jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri va samarali sarflanishini rejalashtirish va nazorat qilish, o‘quv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiq va tashabbuskor, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari hamda umumta’lim muassasasining boshqa a’zolari faoliyatini adolat mezonlari asosida xaqqoniy va shaffof baholash vazifasi yuklatilsin. 3. Kengash yig‘ilishi qarori maktab jamoasining barcha a’zolari e’tiboriga etkazilsin. Kengash raisi: I.Erbo`tayev Kengash kotibasi: M.Qo`shmurodova Download 22.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling