Bayroqqa sadoqat — yurtga sadoqat


Download 36 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi36 Kb.
#1013307
1   2   3
Bog'liq
Bayroqqa sadoqat — yurtga sadoqat

5- o‘quvchi: — O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida bayroqqa shunday ta’rif beriladi: «bayroq» — 1) tayoq, sim va boshqalarga mahkamlangan muayyan rang va o‘lchamdagi mato. O‘rta asrlarda turkiy xalqlar orasida u tug‘ deb atalgan. O‘rta asrlarda g‘arbiy Yevropa shaharlarida tabaqa, uyushma va korxona o‘z bayrog‘iga ega bo‘lgan; 2) davlatning rasmiy ramzi. (Bayroqlar ilk bor qachon paydo bo‘lganligi haqida taqdimot namoyish etiladi).
6- o‘quvchi: —1991- yil 18- noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
8- sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan.
7- o‘quvchi: — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5- moddasida «O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlangan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega», deyilgan.
O‘qituvchi: — Bayroq, gerb va madhiya haqidagi suhbatimizni davom ettiramiz. Agar siz bayrog‘imiz bilan sirlashmoqchi bo‘lsangiz, undagi ranglarni tabiatdan izlang. (O‘quvchilar bayroq ranglari timsolida so‘zlaydi).
8- o‘quvchi: — Men moviy rang bo‘laman, musaffo osmonning bir parchasi. Bu — yurtim osmoni tinch bo‘lsin, degani. Yana men tiriklik manbayi bo‘lgan tip-tiniq obi-hayotni ham eslataman.
9- o‘quvchi: — Men qizil rangman. Shunchaki rang emas, tiriklik, hayot ramziman. 
Katta-yu kichikni Vatan bayrog‘i ostida ahil yashashga, mehnat qilishga chaqiraman. Tomirlarda jo‘shib oqayotgan ajdodlar qoni — hayotiy qudrat va davomiylik nishonasiman.
10- o‘quvchi: — Men oq rang bo‘laman. O‘zim ham oq, ko‘nglim ham oq, ishim ham pok. Shungami, maqtovim ko‘proq. Xalqning yurgan yo‘li oppoq, pokiza bo‘lsin, ravon bo‘lsin deb bayroqdan munosib joy olganman.
11- o‘quvchi: — Yashillik — yasharish, ertangi kunga ishonch va tabiatning timsoli degani. Non-u nasiba, sof havo, sog‘lik-salomatlik. Men xalqimizga doimo ana shunday ezgulik tilayman.
12- o‘quvchi: — Oymomoman-oymoma, ertaklarga boy momo. O‘y sursalar, o‘ylariga sirdoshman. Yo‘l yursalar, yonlarida yo‘ldoshman. Tinch tunlarni tinch kunlarga ulayman, O‘zbekiston sharafini yurtlar aro so‘zlayman.

Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling