Bayroqqa sadoqat- yurtga sadoqat”
Download 27,86 Kb.
|
bayroq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-o`quvchi
- 3- o`quvchi
- Marhamat tomosha qiling!
- Keling ahd qilaylik vatan, el uchun, Bobolarga sodiq jasur o`g`lonlar. Istiqlol g`alaba qozondi-ku chin
- Tug`imiz fidoiy inson qo`lida Vatan xizmatiga biz shay bo`laylik. Vatan- chun biz barchamiz bir jon bo`laylik
- E`tiboringiz uchun rahmat!!!
Marg`ilon shahar 3- umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi Maftuna Xalilovaning “Bayroqqa sadoqat- yurtga sadoqat” mavzusida tayyorlagan tadbir ssenariysi “Bayroqqa sadoqat- yurtga sadoqat” Tadbir o`tkaziladigan joy bayroqchalar , gullar bilan bayramona bezatilgan, ko`rgazmalar “Mustaqillik”, “Istiqlol”, “Ozodlik”, “Hurriyat” kabi sso`zlar yozuvi va tasmlar ilingan. Sahnaga 4 nafar o`quvchi chiqadi. 1-o`quvchi:- Bolalar bugun qanday kunligini bilasizmi? 2-o`quvchi:-Albatta bilamiz, axir bugun 18- noyabr Davlat bayrog`I tasdiqlangan kun. 3-o`quvchi:-Kelinglar bu kunni bayram qilib nishonlaymiz. 4-o`quvchi:-Albatta lekin…. 1-o`quvchi: -Nimaga o`ylanib qolding? 4--o`quvchi: -Axir bugungi bayramga tayyor emasmiz-ku? 2- o`quvchi:- Biz bunday bayramlarga doim shay turishimiz kerak. 3- o`quvchi:- To`g`ri bizning sinfimizda she`r yozadigan , qo`shiq kuylaydigan , raqsga tushadigan o`quvchilar ham bor. 1-o`quvchi:- Bundan tashqari bizda sport to`garaklariga qatnashadigan o`quvchilar ham bor. 3-o`quvchi:- ha, biz o`z bilim va mahoratimizni ko`rsatishimiz kerak , to`g`rimi? Bolalar (birgalikda):- Barchangizni bugungi bayram dasturini tomosha qilishga taklif etamiz. O`qituvchi: -Assalomu alaykum , aziz va fidoiy ustozlar qalbi doimo bilimga chanqoq o`quvchilar! Davramizning qadrli mehmonlari sizlarni 1991- yil 18- noyabr O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`I to`g`risidagi qonun qabul qilingan kun,O`zbekistonni qutlug` bayrami bilan muborakbod etamiz. Bugun biz o`quvchilar ishtirokida gi “Bayroqqa sadoqat- yurtga sadoqat” nomli tadbirimizni ochiq deb e`lon qilamiz. -Dovrug`I tillarda doston bo`lgan yurt, Shavkati ham shoni osmon bo`lgan yurt. Mehr –muhabbati ummon bo`lgan yurt, Har yog`I chamanzor bog`-u bo`stonim. Dunyoda yagonam , O`zbekistonim. Tarix yozaversam osmon erur past, Bugun istiqloini kuylagayman bas. Vatanim ertasin buyukligi rost, Yurtboshidir sarbon , yo`ldadir karvon O`zbekiston, O`zbrkiston. Toza otning toza bo`lgaydir zoti, Asl tulpor ekan o`zbekning oti. Muborak ey yurtim!Qirq gaz qanotli Kun kelgay , tilingda so`zlagay jahon O`zbekiston, O`zbrkiston. O`qituvchi: - Bolajonlar, xalqimiz o`tmishida, hayotida u nishonlaydigan bayramlar , sanalaranchagina. Yurtimizda zo`r quvonch , tantana bilan nishonlanadigan , tarix zarvaraqlariga oltin harflar bilan bitilgan muborak bir kun bor. Bu- barchamiz uchun eng muqaddas bo`lgan qiyosi va tengi yo`q vatanimizning mustaqilligi kunidir. Hech o`ylab ko`rganmisiz, nega mustaqillik kunini barcha tantanavor ruhda nishonlaymiz? Mana bu so`zlarga e`tobor qiling! Endigi navbatni o`quvchilarga bersak ular bizga Mustaqillik , Istiqlol, Hurriyat , Ozodlik , Erk kabi so`zlarga birma bir izoh beradilar. O`quvchi: Mustaqillik bu—birovga qaram bo`lmaslik , o`z xohish istaklari bilan kelajakka intilishdir. Mustaqillik degani Bilib qo`y ne ekanin . Eng avval mustaqillik , Bo`lmoq puxta ahillik. Bu xil sifat insonda Fazilatdir har onda. Tanib ol haq huquqing Saqlagil odob xulqing. Sevgil ona yurtingni, Unutmagil burchingni. Mag`rur tutgil boshingni, Oldirmagil oshingni. Har jabhada chiniqib Baxslarda yengib chiqqil. Gar bo`lsang uddaburon Ishlaring ko`char oson. Mustaqillik – dadillik Tenglik hamda ahillik. Ochiq gap ko`pdir sharti, Eng avval bo`l elning mardi.
Istiqlol she`ri. O`quvchi: Ozodlik bu- bunyodkorlikka ochilgan oydin yo`l. Ozodlik nimadir- Tanitding vatan Tobelik zanjirin uzilishidir, Elim bu kunlarni asrlar kutgan.
Hurriyat nimadir, O`rgatding Vatan. Kim edigu , kim bo`ldik Ey aziz inson ! Istiqlol va iqbol egizak ekan Ko`p yillar dovonni bosmadik oson!
Jannatmakon dunyosi bor , derlar bu yurtning Baxt sari eltuvchi humosi bor, bu yurtning. Bayrig`in ko`ksiga bosib , jon bergan Najmiddin Kubrosi bor bu yurtning.
Bu kun bumorak tong Mustaqillik ayyomi. Bu kun ezgulikka chulg`anar olam. Bu kun hayajonda , sevinchda yurak, Ey azizlar, Mustaqillik muborak.
Yurtim dunyolarga tengsizsan o`zing, Birgek aziz menga yozing ham kuzing. Bu kun qutlug` bayram she`r aytmoqchiman, Vatanim , muborak bolsin ayyoming.
O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`I BMT bosh qarorgohida hilpirab turgan yuzlab bayroqlar qatoridan joy olgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga rasmiy tashriflari davomida bayrog`imiz o`sha mamlakatlar Ko`chalarini bezaydi. Turli bayramlar tantanalarida, mamlakat delegatsiyalarida qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida xalqimizning g`urur, iftixorini yorqin aks timsollaridan biri ham aynanbayrog`imizdir. Vatan himoyasi uchun harbiy qasamyod qilayotgan og`lonlar bayroq oldida tiz cho`kib , uni ko`zga surtadi. Jahon miqiyosidagi musobaqalarda g`alaba qozongan o`zbek sportchilari davlatimiz bayrog`ini baland ko`taradilar. Bu esa har bir yosh avlod ko`ngliga biro lam zavq ulashadi. 18- noyabr –“O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`I to`g`risida”gi qonun qabul qilingan kun. Davlatimiz ramzi, faxrimiz, milliyligimiz aks etgan bayrog`imizni ardoqlashimizda vatanparvarlik mujassam. Aziz yurtdoshlar, xalqimizning sevimli bayrami barchangizga muborak bo`lsin! Sohibqiron Amir Temur davrida ham davlat bayrog` katta ijtimoiy – siyosiy, ma`naviy – ma`rifiy ahamiyat kasb etgan. Uni Amir Temurning eng ishongan sipohiylari (askarlari) qo`riqlagan. “Temur tuzuklari” da ta`kidlanishicha, dushman ustidan shijoat va mardlik ko`rsatib g`alaba qozongan amirlar va sipohiylar davlat timsollari bayroq va nog`ora bilan mukofotlangan. Bu sohibqiron saltanatida davlat ramzlari nechog`lik muhim o`rin tutganidan dalolat beradi. Xo`sh , bunda qanday ramziy ma`no bor? Bu savolga Prezidentimiz quyidagi so`zlari javob bo`ladi. “Davlat bayrog`I –xalqning shon –sharafi , g`ururi. Bayroqni qadrlash, e`zozlash o`z mamlakatiga va shaxsan o`zig abo`lgan ishonchini mustahkamlash demakdir”. Xo`sh bayroq o`zi nima? 1-o`quvchi: O`zbekiston milliy ensiklopediyasida bayroqqa shunday ta`rif beriladi. “Bayroq”
Tayoq, sim va boshqa narsalarga mahkamlangan muayyan rang va o`lchamdagi mato. O`rta asrlarda turkey xalqlar orasida bu tug` deb atalgan, o`rta asrlarda g`arbiy yevropa shaharlarida tabaqa , uyushma va korxona o`z bayrog`iga ega bo`lgan. Davlatning ramziy timsoli. 1-o`quvchi: 1991-yil 18-. noyabrda O` zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 8-sessiyasida O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i to`grisidagi qonun qabul qilingan. 1-o`quvchi: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5- moddasida “O`zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlangan o`z davlat ramzlari- bayrog`I, gerbi, madhiyasiga ega”- deyilgan. O`qituvchi: Bayroq haqida suhbatimizni davom ettiramiz. Agar siz bayrog`miz bilan sirlashmoqchi bo`lsangiz , undagi ranglarni tabiatdan izlang.(O`quvchilar bayroq ranglari timsolida so`zlaydilar). ∑ Men moviy rang bo`laman , musaffo osmonnning bir parchasi. Bu yurtim osmoni tinch bo`lsin , degani. Yani men tiriklik manbayi bo`lgan tip- tiniq obi-hayotni ham eslataman. ∑ Men qizil rang bo`laman, shunchaki rang emas tiriklik, hayot ramziman. Katta –yu kichikni vatan bayrog`i ostida ahil yashashga , mehnat qilishga chaqiraman. Tomirlarda jo`shib oqayotgan ajdodlar qoni hayotiy qudrat va davomiylik nishonasiman. ∑ Men oq rang bo`laman, ozim ham oq, ko`nglim ham oq, ishim ham pok. Shungami maqtovim ko`proq. Xalqning yurgan yo`li oppoq, pokiza bo`lsin ravon bo`lsin deb bayroqdan munosib joy olganman. ∑ Men yashil rang bo`laman. Yashillik – yasharish, ertangi kunga ishonch va tabiatning timsoli degani. Non-u nasiba , sof havo , sog`lik- salomatlik. Men xalqimizga doimo ana shunday ezgulik tilayman. ∑ Oymomaman oymoma, ertaklarga boy momo. O`y sursalar, o`ylariga sirdoshman. Yo`l yursalar yonlariga yondoshman. Tinch tunlarni tinch kunlarga ulayman, O`zbekiston sharafini yurtlararo so`zlayman. ∑ Biz 12 yulduz oy-u quyosh bilan birga doimo harakatdamiz tarixiy , umrboqiy an`analar, ma`naviy kuch qudrat bilan bog`liqmiz. Biz qo`ngan Ajdodlarimiz, ota- bobolarimiz vatan bayrog`I bilan birga uning bayrog`ini ham o`pib, ko`zga surtganlar. Bu- Vatanga bo`lgan muhabbat, sadoqat ramzidir. Zukko farzandlarimiz bugun nufuzli musobaqlarda , turli ko`rik tanlovlarda , xalqaro fan olimpiadalarida, yuksak zafarlar quchmoqda. Eng e`tiborlisi yurtimizda ta`lim tizimiga , yoshlar sportiga alohida e`tibor qaratilmoqda. Iqtidorli sportchilarimiz o`z zafarlari bilan O`zbekistonni jahonga tanitmoqdalzr. O`zbekiston bayrog`ini koklarga ko`tarmoqdalar. Millatning dunyoga yuz tutishida salohiyatli va iqtidorli yosh avlodning jismonan sog`lom, ruhhan baquvvat barkamol bo`lib voyaga yetishi muhim masalasidir. Sport musobaqalarida ko`plab yoshlarni jahon arenalariga olib choqmoqda . Bizning sinfimizda ham sport musobaqalariga qatnashatotgan o`quvchilar bor. Ularni davraga taklif etamiz. (Sportchi o`quvchilar ishtirokida chiqishlar ko`rsatiladi). Endigi navbatda bolalar va o`smirlar sport maktabi a`zolari ishtirokida sahna ko`rinishi havola etamiz. Marhamat tomosha qiling! Muhbir: assalomu- alaykum aziz tomoshabinlar! Hozir fransiyada o`tkazilayotgan DYUZDO bo`yicha jahon chempionatini olib borayapmiz . Ringda O`zbekistonlik Murodxon polvon va Fransiyalik Azizbek polvon o`zaro bahslashmoqda. -He-he Murodxon polvon bo`shashmang. -Barakalla, O`zbekistonimiz sharafini himoya qilib, bayrog`ini ko`klarga ko`targan Murodxon sharafiga qarsaklar bo`lsin. Mana shunday chempionlarga yurtimiz bayrog`ini baland kotarib, yuqori natijalarni qo`lga kiritishida ulkan zafarlar tilab qolamiz. Zero birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek “Shu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug` istiqboli , farog`on kelajaki uchun yashash , kurashish, lozim bo`lsa jonni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir. Kelinglar azizlar, elim deb, yurtim deb yonib yashaylik!” Keling ahd qilaylik vatan, el uchun,
Aziz bolalar, siz istiqlol farzandlarisiz. Siz ham ajdodlarimiz kabi ozod va obod vatan qurish, mustaqillikni ko`z qorachig`idek asramoq kabi buyuk maqsadni dilga jo qilib, dadil qadam tashlayotgan yurtimizga, elimizga munosib bo`lish uchun a`lo o`qishingiz, vatanni sevishingiz , ma`nan va jismonan barkamol insonlar bolib yetishmog`ingizlozim. Chunki vatanimiz kelajagi sizning ,siz kabi barkamo avlodlarning qo`lidadir. Shu bilan bugungi tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi. E`tiboringiz uchun rahmat!!! Download 27,86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling