Bayyonnomasi farg‘ona shahri 24 mart 2022 yil Qatnashdilar


Download 16.33 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi16.33 Kb.
#1124415
Bog'liq
Davra suxbati баённомаси Jo\'raev


O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali


“Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti


“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi

" Kelajak tarmoqlari " mavzusi bo‘yicha davra suxabati


BAYYONNOMASI

Farg‘ona shahri 24 mart 2022 yil


Qatnashdilar: kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari
Taklif etildi: ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan filialning mustaqil izlanuvchilari, “Telekommunikatsiya texnologiyalari” mutaxassisligi magistrantlari, iqtidorli talabalar.


So‘zga chiqdi: kafedra mudiri O.S.Rayimjonova, ilmiy-tadqiqot ishlari Oliy ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan har bir professor-o‘qituvchining faoliyati davomidagi asosiy ishlaridan biri ekanligi, OTM professor-o‘qituvchisi zamonaviy fan-texnika yutuqlari va unda yuzaga kelayotgan muammolar bilan hamnafas bo‘lishi, tinmay o‘z ustida ishlab, ilmiy izlanishlar olib borishi zarurligi haqida gapirib, so‘zni filialning Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi dotsenti N.M.Jo’raevga berdi.
N.M.Jo’raev so‘z olib, telekommunikatsiya, optik aloqa, kelajak tarmoqlari va texnika yo‘nalishlaridagi o‘z yechimini topishi zarur bo‘lgan zamonaviy muammolar hamda bu muammolar ustida ishlayotgan Respublikamiz olimlari, ularning ishlari haqida axborot berdi.
Shuningdek, N.M.Jo’raev, eng avvalo kafedraning ilmiy yo‘nalishini shakllantirish zarurligini, kafedrada faoliyat olib borayotgan yosh professor-o‘qituvchilariga va magistratura bitiruvchilari salohiyatli o‘qituvchilar, O.S.Rayimjonova, R.A.Nurdinova, U.U.Iskandarovlarning ilmiy salohiyatidan foydalanib, aniq ilmiy yo‘nalish aniqlash zarurligini aytib o‘tdi.
N.M.Jo’raev kafedrada magistratura talabalari va iqtidorli talabalar ilmiy pedogogik faoliyatlarini ilmiy-izlanishlarni yuritish va kelajakda yetuk ilmiy salohiyatli kadr bo’lib yetishida dastur amal bo’lishi takidlab o’tildi.
Seminarda yosh ilmiy-izlanuvchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar o‘zlaring qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob oldilar.
Mavzu bo‘yicha muzokaralarda kafedra mudiri O.S.Rayimjonova, katta o’qituvchilar B.Turg‘unov, M.Xalilovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Muzokaralardan so‘ng, seminar yig‘ilishi




Qaror qiladi:

  1. Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi dotsenti N.M.Jo’raevning ma’lumoti axborot uchun qabul qilinsin.

  2. Kafedraning Ilmiy-seminariga magistrantlar va iqtidorli talabalarni jalb qilish ta’minlansin.

Ilmiy seminar raisi: O.S.Rayimjonova




Kotib: D.Axmadyarova
Download 16.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling