Bazasi boshqarish
SQL muhitida tranzaksiya tushunchasi
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
SQL muhitida tranzaksiya tushunchasi
Tranzaksiya– bu ma’lumotlar bilan manipulyatsiya qilib ketma- ket operatsiyalar yordamida MBBTga ta’sir etishdir. Tranzaksiya to‘liq bajariladi va ma’lumotlar bazasini bir butun holatdan ikkinchi 172 bir butun holatga o‘tkazadi, biror xatolik yuz bersa, ma’lumotlar bazasi boshlang‘ich holatiga qaytadi. Ma’lumotlarni aniqlash operatorlari - ma’lumotlar bazasi jadvalini tuzish, o‘zgartirish yoki o‘chirish, indeks tashkil qilish (ma’lumotlarni tez izlab topish vositasi), har xil foydalanuvchilar bilan ishni tashkil qilish va boshqalarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar ustida manipulyatsiya qilish operatorlari — ma’lumotlar bazasiga yozuvni qo‘shish, o‘chirish yoki yangilash imkonini beradi. SQL tilida tranzaksiya deb, ma’lumotlami tiklashga nisbatan ajralmas bo‘lgan operatorlar ketma-ketligiga aytiladi. SQL tilidagi har bir chaqirish moduli tranzaksiyadir. SQL tili tranzaksiyalari biror-bir modulning proseduralarini bajarishdan boshlanadi. COMMIT yori ROLLBACK operatorining bajarilishi bilan tugaydi. Agar tranzaksiya ROLLBACK operatori bilan tugasa, prtoseduradagi barcha qilingan amallar bekor qilinadi. Har bir tranzaksiyaning “faqat o‘qish” yoki “o‘qish va yozish” tartiblari mavjud. Tranzaksiya tartiblari SETTTRANSACTION operatori yordamida o‘rnatiladi. Jimlik qoidagisa nusbatan ‘‘o‘qish va yozish” tartibi o‘rnatiladi. “Faqat o‘qish" tartibi doimo saqlanadigan bazaviy ma’lumotlarga qo‘llaniladi. Har bir SQL tranzaksiyasi himoyalanish darajasiga ega: READUNCOMMITTED, READCOMMITTED, REPEATABLEREAD yoki SERIALIZABLE. SQL tranzaksiyasi himoyalanish darajalari bajarilayotgan tranzaksiyaning boshqa parallel bajarilayotgan tranzaksiyalarga ta’sir etish daragasini aniqlaydi. Tranzaksiyaning aniq darajasini o‘rnatish uchun SETTRANSACTION operatoridan foydalanishadi. Jimlik qoidasiga nisbatan SERIALIZABLE tartibi o‘rnatiladi.Himoyalanish daragalari tranzaksiyalarning parallel bajarilishida yuz berishi mumkin bo‘lgan hodisalami aniqlaydi. Qyuidagi ko‘rinishdagi hodisalar bo‘lishi mumkin: 1. PI (“Dirtyread" - "Yomon o‘qish"): T1 tranzaksiya qatorni yaratadi. Keyin T2 tranzaksiya T1 COMMIT amalini bajarmasdan bu qatorni o‘qiydi. Shundan so‘ng T1 ROLLBACK amalini bajarsa, T2 tranzaksiya umuman mavjid bo‘lmagan qatorni o‘qigan bo‘lib chiqadi. 2. P2 (“Non-repeaiableread” - “Takrorlanmaydigan o‘qish"): T1 173 tranzaksiya qatorni o‘qiydi. Shundan so‘ng T2 tranzaksiya bu buyruqlar qatorini o‘zgartiradi yoki olib tashlayda va COMMITni bajaradi. Shundan so‘ng T1 shu qatorni yana o‘qishga harakat qiladi, ammo bu qator birinchi holatdagi qator emas yoki olib tashlangani uchun topolmaydi. 3. РЗ ("Phantom"-"Fantom"): T1 tranzaksiya biror-bir shartni qanoatlantiradigan N qatorni o‘qiydi. Shundan so‘ng T2 tranzaksiya bu qatorlar ichidan bir yoki bir nechta qator shartlarini generatsiya qiladi. Agar shu ishlardan keyin T1 o‘qishni qaytarsa, u butunlay boshqa qatorlarga ega bo‘ladi, To‘rtala himoyalanish daragalari P1,P2 va P3 hodisalarga nisbatan quyidagicha ta’sirga ega: 12.1-jadval. Himoyalanish daragalari Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling