Bazasi boshqarish
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
- Bu sahifa navigatsiya:
- XII BOB. CHEKLANISHLAR, TAQDIMOTLAR VA TRANZAKSIYALAR Jadvallar uchun cheklanishlar
Nazorat uchun savollar
1. SQL tilida standart va agregat funksiyalarni tushuntiring? 2. Ma’lumotlarni aniqlash operatorlari qaysilar? 3. Ma’lumotlarni manipulyatsiyalash operatorlari qaysilar? 4. Tranzaksiyalarni boshqarish operatorlarini tushuntiring? 5. Ma’lumotlarni boshqarish operatorlariga qaysilar kiradi? 6. SQL da ma’lumotlar tiplari qanday ishlatiladi? 7. SELECT ma’lumotlarni tanlash operatori vazifasi nimalardan iborat? 8. INSERT ma’lumotlarni kiritish operatori vazifasi nimalardan iborat? 9. ORDER BY komandasidan foydalanib satrlarni tartiblashtirish qanday amalga oshiriladi? 170 XII BOB. CHEKLANISHLAR, TAQDIMOTLAR VA TRANZAKSIYALAR Jadvallar uchun cheklanishlar SQL tilida jadvallar CREATE TABLE buyruqsi bilan yaratiladi. Bu buyruq qatorlarsiz bo‘sh jadval yaratadi. CREATE TABLE buyruqsi jadval nomini va jadval o‘zini ma’lum tartibda ko‘rsatilgan ustunlar nomlari ketma-ketligi ta’rifi ko‘rinishida aniqlaydi. U ma’lumotlar tiplari va ustunlar o‘lchovini aniqlaydi. Har bir jadval juda bo‘lmaganda bitta ustunga ega bo‘lishi kerak. CREATE TABLE buyruqsi sintaksisi: CREATE TABLE ( < maydon nomi > [(< maydon o‘lchami>)], ... ) Argument qiymati kattaligi ma’lumot turiga bog‘liqdir. Agar siz maxsus ko‘rsatmasangiz, tizim avtomatik qiymatni o‘rnatadi. Misol uchun talabalar jadvalini yaratishni ко’rib chiqamiz: Create Table Talabalar ([ID] integer, [Familiya] text (25), [Ism] text, [T_Sana] date, [Telefon] text, [Izoh] memo); Jadvalni o‘chirish buyruqsi quyidagi ko‘rinishga ega: DROP TABLE < jadval nomi >; Masalan: DROP TABLE Talabalar Jadvalni yaratilgandan so‘ng o‘zgartirish. Jadvalni o‘zgartirish uchun ALTER TABLE buyruqsidan foydalaniladi. Bu buyruq jadvalga Yangi ustunlar qo‘shish, ustunlarni o‘chirish, ustunlar kattaligini o‘zgartirish hamda cheklanishlarni qo‘shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega. Bu buyruq ANSI standart qismi emas, shuning uchun har xil tizimlarda har xil imkoniyatlarga ega. Jadvalga ustun qo‘shish uchun buyruqning tipik sintaksisi: ALTER TABLE < jadval nomi > ADD maydon tipi> < maydon o‘lchami>; Masalan ALTER TABLE Talabalar ADD TelefonN integer 171 Cheklanishlarni kiritish. Ko‘p hollarda ustunga kiritilgan qiymatlar bir-biridan farq qilishi kerak. Agar ustun uchun UNIQUE cheklanishi o‘rnatilsa, bu ustunga mavjud qiymatni kiritishga urinish rad etiladi. Bu cheklanish bo‘sh bo‘lmaydigan (NOT NULL) deb e’lon qilingan maydonlarga qo‘llanishi mumkin. (MS Access dagi ma’lumotlar tipining “Счетчик” qiymatiga mos keladi). Masalan: Create Table Talabalar ([ID] integer NOT NULL UNIQUE, [Familiya] text (25), [Ism] text, [T_Sana] date, [Telefon] integer, [Izoh] memo); Unikalligi talab qilinadigan maydonlar (birlamchi kalitlardan tashqari) nomzod kalitlar yoki unikal kalitlar deyiladi. Birlamchi kalitlar cheklanishlari. SQL birlamchi kalitlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri birlamchi kalit (PRIMARY KEY) cheklanishi orqali ta’riflaydi. PRIMARY KEY jadvalni yoki ustunlarni cheklashi mumkin. Bu cheklanish UNIQUE cheklanishi kabi ishlaydi, jadval uchun faqat bitta birlamchi kalit (ixtiyoriy sondagi ustunlar uchun) aniqlanishi mumkin bolgan holdan tashqari. Birlamchi kalitlar NULL qiymatga ega bo‘lishi mumkin emas. Misol: Create Table Talabalar ([ID] integer NOT NULL PRIMARY KEY, [Familiya] text (25), [Ism] text, [T_Sana] date, [Telefon] integer, [Izoh] memo); Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling