Bazasi boshqarish
Avtomatlashgan axborot tizimlari
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
Avtomatlashgan axborot tizimlari
Ko‘pgina masalalarni yechish asosida informatsiya yoki axborotlarni qayta ishlash yotadi. Informatsiyani qayta ishlashni yengillashtirish maksadida axborot tizimlar yaratiladi. Avtomatlashgan axborot tizimlar (AT) deb, shunday tizimlarga aytamizki, ularning tarkibida texnik vositalar, jumladan shaxsiy kompyuterlar ishtrok etadi. ATlarni keng ma’noda informatsiyani qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab, ATlar ishlab chikarish sohasida, talim sohasida, sog‘liqni saqlash sohasida, xarbiy sohada va boshqa sohalarda ishlatiladigan tizimlarga ajratish mumkin. axborot texnologiyasi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar; axborot tizimi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. Ixtiyoriy AT izda uning ishlash jarayonini quyidagi tasvirda ko‘rsatamiz. Asosiy ishlar 4 ta blokdan iborat: dastlabki ma’lumotni kiritish, unga ishlov berish, natijaviy ma’lumotni QQ uchun iste’molchilarga yoki boshqa AT ga uzatish, teskari aloqani ta’minlash, ya’ni natijani tahlil qilib dastlabki ma’lumotlarni xodimlar yoki boshqa AT tomonidan tuzatish. 21 1.3-rasm. Axborot tizimida jarayonlar Har qanday AT strukturasi, qo‘llanish sohasidan qatiy nazar, bir necha ta’minlovchi qismlardan iborat bo‘ladi. Ta’minlovchi qismlar 6 xil bo‘ladi: texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy ta’minotlar. 1.4-rasm. Axborot tizimi va uni ta’minlovchi qism tizimlari Texnik ta’minot-bu AT ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar undan tashqari bu vositalar va texnologik jarayonlar uchun zarur bo‘lgan hujjatlardan iborat. Texnik vositalarga: turli modeldagi kompyuterlar; axborotni yig‘ish, to‘plash, qayta ishlash, uzatish va chiqarish vositalari; ma’lumotlarni uzatish va aloqa vositalari; orgtexnika va axborotni avtomatik o‘qish vositalari; turli xil xom ashyo va materiallar kiradi. Matematik ta’minot- bu AT ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan matematik usullar, modellardan iborat. Matematik ta’minotga quyidagilar kiradi: 22 Boshqruv jarayonlarini modellashtirish vositalari, Tipik masalalarni tayyor yechish usul va vositalari (jumladan, matematik analiz, algebra, hisoblash usullari, differensial va integral tenglamalarga oid tayyor algoritm va usullar), Matematik dasturlash, matematik statistika, ommaviy xizmat ko‘rsatish va h.k.larning usullari. Dasturiy ta’minot - bu AT ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan algoritmlar, dasturlardan iborat. Axborot ta’minot - bu AT ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan axborotni yagona (unikal) klassifikatsiyalash va kodlash usullari, unikal (yagona, normativ) hujjatlar majmui, hujjatlar oqimining harakat marshrurtlar sxemasi, MB tuzish texnologiyasidan ibortdir. Tashkiliy ta’minot- bu AT ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan xodimlarning o‘zaro va texnik vositalar bilan munosabatlarini aniqlovchi usullar va vositalardan iborat. Tashkiliy ta’minot quyidagilardan iborat: AT o‘rnatiladigan korxonaning mavjud boshqaruv tizimining tahlili, avtomatlashtirilishi zarur bo‘lgan masalalarni aniqlash, Masalalarni kompyuterda yechishga tayyorlash. Bunga AT ni texnik loyihasini tuzish uchun topshiriq va ATni foydaliligini texnikiqtisodiy jihatdan asoslash ham kiradi. Tashkilotning tarkibi va strukturasi haqida boshqaruv qarorini ishlab chiqish, tashkilot boshqaruv tizimini foydaliligini oshirishga qaratilgan masalalarni yechish metodologiyasini ishlab chiqish. 1. Axborot tizimi 2. Texnik ta’minot 3. Matematik ta’minot 4. Dasturiy ta’minot 5. Axborot ta’minoti 6. Tashkiliy ta’minot 7. Huquqiy ta’minot Huquqiy ta’minot- bu AT ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan huquqiy normalar bo‘lib, AT ni yaratish, faoliyat ko‘rsatish, axborotni olish, ishlov berish va foydalanish qoidalarini aniqlab beradi. 23 1.5-rasm. Axborot tizimlari klassifikatsiyasi AT lar bir necha belgilar bo‘yicha klassifikatsiyalanishi mumkin: 1) yechiladigan masalalarning strukturalanishi (formalizatsiya qilinish darajasi) bo‘yicha: strukturalanadigan (formalizatsiya qilinadigan), strukturalanmaydigan (formalizatsiya qilinmaydigan), qisman strukturalanadigan (qisman formalizatsiya qilinadigan); 2) funksional belgi va boshqaruv darajalari bo‘yicha: ishlab chiqarish, marketing, moliyaviy, kadrlar axborot tizimlari, strategik, funksional, operativ axborot tizimlari; 3) avtomatizatsiya qilinish darajalari bo‘yicha: dastaki, avtomatlashgan, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari; 4) foydalaniladigan axborotni xarakteri bo‘yicha: axborot-qidiruv va axborot-yechuvchi axborot tizimlari; 5) Qo‘llanish sohalari bo‘yicha: tashkiliy-boshqarish, texnologik jarayonlarni boshqarish, loyihalashni avtomatlashtiruvchi, integrallangan (korporativ), ta’lim, ilmiy ishlarni avtomatlashtiruvchi, geografik ...axborot tizimlari. AT larda yechilishi mumkin bo‘lgan masalalarni 3 turga bo‘lish qabul qilingan: strukturalanadigan (formallashtiriladigan) masalalar, strukturalanmaydigan (formallashtirilmaydigan) masalalar va qisman strukturalanadigan (qisman formallashtiriladigan) masalalar. Strukturalanadigan (formallashtiriladigan) masalalar-masalaning barcha elementlari orasida matematik bog‘lanishlar aniq. Strukturalanmaydigan (formallashtirilmaydigan) masalalar- masalaning barcha elementlari orasida matematik bog‘lanishlar aniqmas. Qisman strukturalanadigan (qisman formallashtiriladigan) masalalar- masalaning ayrim elementlari orasida matematik bog‘lanishlar mavjud xolos. 24 Strukturalanadigan masalalarda masala matematik modellar orqali bayon etiladi va yechimi uchun aniq algoritm va dastur ishlab chiqish mumkin. Bunday AT larda ishlash to‘la avtomatlashlashgan bo‘ladi va xodimning ishtiroki juda past. Strukturalanmaydigan masalalarda masala uchun matematik modellar tuzish mumkin bo‘lmaganligidan, algoritmlar ishlab chiqish juda qiyin. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling