Ma’lumotlarga taqsimlangan ishlov berish ingl: distributed data
processing (DDP) рус: распределенная обработка данных Amaliy
dasturlarni, bir guruh axborot tizimlari tomonidan bajarish uslubi.
DDPning mohiyati shundaki, unda foydalanuvchi, bir necha o‘zaro
ishlovchi abonent tizimlarda joylashgan, tarmoq xizmatlari va amaliy
jarayonlar bilan ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Taqsimlangan ishlov
berish uchun amaliy dasturlar segmentlab bajariladi. Ma’lumotlarni
uzatish, jarayonlarni masofadan chaqirish yoki elektron pochta
yordamida yuz beradi. Taqsimlangan ishlov berishning alohida katta
imkoniyatlarini aralash tarmoqlarda ko‘rish mumkin.
Ma’lumotlarga taqsimlangan ishlov berish muhiti ingl:
distributed computing environment (DCE) рус: распределенная
среда обработки данных Ma’lumotlarga taqsimlangan ishlov berish
texnologiyasi. U DCE muhiti bo‘lib, 1990 yilda ochiq dasturiy
ta’minot fondi tomonidan taklif qilingan. Abonent tizimlar guruhlari
bo‘yicha tarqalgan geterogen tarmoqda amaliy jarayonlarni bajarish
uchun mo‘ljallangan tarmoq xizmatlarining yig‘masidir.
Ma’lumotlarga tezkor analitik ishlov berish ingl: online
analytical processing (OLAP) рус: оперативная аналитическая
обработка данных Axborotga ishlov berish texnologiyasi. O‘ziga
hisobot va hujjatlarni dinamik tuzish va chop etishni kiritadi.
Tahlilchilar, axborot bazasiga qiyin so‘rovlarga tez ishlov berish
uchun ishlatadi. Sotish, marketing, boshqarish bo‘yicha biznes
hisobotlarni va ma’lumotlarni intellektual tahlil tayyorlashga xizmat
ko‘rsatadi.
Ma’lumotlarga haqiqiy vaqtda ishlov berish ingl: real-time data
processing рус: обработка данных в реальном времени
Ma’lumotlarga ishlov berish tezligi, hodisaning modellash tezligi
bilan bir xil yuz bergan hol.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |