Bazasi boshqarish


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Fayllar modeli -Fayllar tizimida yassi fayl tipidagi model amalda 
bo‘ladi. Bunday modelda mashina ichi axborotlar bazasi(AB) bir xil 
tipdagi yozuvlardan tuzilgan o‘zaro bog‘lanmagan (mustaqil) fayllar 
bilan chiziqli (bir bosqich) tuzilmalarining yig‘indisidan iborat 
bo‘ladi.
Fayllar modeli ma’lumotlarining asosiy tuzilmalari(strukturalari) 
- maydon, yozuv, fayl. Yozuv ma’lumotlarini ishlashning asosiy 
tuzilma birligi operativ va tashqi xotira o‘rtasidagi almashuv birligi 
hisoblanadi.
Maydon - ma’lumotlarni tashkil etishning oddiy birligi bo‘lib, 
axborotning alohida, bo‘linmas birligi bo‘lishi rekvizitga mos keladi. 
Yozuv - mantiqan bog‘langan rekvizitlarga mos keluvchi 
maydonlar yig‘indisidir. Yozuvning tuzilishi o‘z tarkibiga kiruvchi har 


13 
bir oddiy ma’lumotga ega maydonlar tarkibi va ketma-ketligi bilan 
belgilanadi. 
Fayl - alohida maydonlarda mazmunga ega bo‘lgan bir xil 
tuzilishdagi ko‘plab yozuv nusxalaridir. Yozuv nusxasi may-
donlarning konkret mazmunini o‘z ichiga olgan yozuvlarni aks 
ettiradi. Fayl yozuvi tuzilishi chizqili, ya’ni maydon yagona 
mazmunga ega va guruhli ma’lumotlar mavjud emas (quyida qarang: 
iyerarxik va tarmoqli modellar haqidagi bo‘lim). Har bir yozuv 
nusxasi yagona yozuv kaliti bir xil bo‘ladi. Umumiy hollarda yozuv 
kalitlari ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dastlabki (birlamchi) va 
ikkilamchi kalit. 
Dastlabki kalit (DK) - yozuvni ma’no jihatidan bir xillashtiruvchi 
bir yoki bir necha maydonlar. Agar dastlabki kalit bir maydondan 
iborat bo‘lsa u oddiy deyiladi, agar bir necha maydonli bo‘lsa - turli 
tarkibli kalit hisoblanadi. 
Ikkilamchi kalit (IK) - dastlabkidan farqli o‘laroq, shunday 
maydonki, uning mazmuni faylning bir necha yozuvlaridan 
takrorlanadi, ya’ni u yagona emas. Agar dastlabki kalitning mazmuni 
bo‘yicha faqat bitta yozuv nusxasi topilsa, ikkinchi kalit bo‘yicha bir 
necha nusxa topilishi mumkin. 
Ma’ulmotlarning sanab o‘tilgan tuzilishi bir qator MBBTda 
qo‘llaniladi. 
Bu 
esa 
ushbu 
tushunchani 
ma’lum 
ma’noda 
universallashtiriladi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling