Bazasi boshqarish
Ma’lumotlar bazasining asosiy atamalari
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlar bazasi (MB)
Ma’lumotlar bazasining asosiy atamalari
Ma’lumotlar bilan amal bajarishning ilk tizimlari axborotlarni ishlashning an’anaviy usullariga asoslanib tuzilgan edi. Har bir muayyan holat uchun tashqi foydalanuvchining o‘z mantiqi ishlab chiqiladi. U axborot tuzilmasi, tanlash operatsiyasi, axborotni qo‘shish va yo‘q qilish kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlar va dastur o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yuzaga keladi: ma’lumotlarni o‘zgartirishda yo dasturni almashtirish yoki ma’lumotlarni qaytadan buzishga zarur bo‘ladi. Murakkab axborotlarni ishlab chiquvchilar duch kelgan bu va boshqa qiyinchiliklar ma’lumotlar bilan amal bajarish uchun tizimlarga nisbatan standart talablar shakllanishiga olib keldi. Asosiy talablardan biri - ma’lumotlarning iloji boricha mustaqilligi yoki axborot tuzilmasini fizik tushunchalardan alohida qilish edi. Bunda hamma ma’lumotlar ko‘p foydalanuvchilar kirishi mumkin bo‘lgan holda ba’zi standart ichki tuzilishli qilib saqlanadi. Quyida ma’lumotlar bazasining asosiy tushuncha va ta’riflarini keltirib o‘tamiz. Ma’lumotlar bazasi (MB) ingl: database (DB) рус: база данных (БД) 1. Elektron hisoblash mashinalari yordamida qidirib topilishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tarzda tartibga solingan ma’lumotlar to‘plami (masalan: maqolalar, hisob-kitob). 2. Aniq qoidalar asosida tashkil qilingan va amaliy dasturlarga bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar to‘plami. Bu qoidalar ma’lumotlarni ta’riflash, saqlash va joyining o‘zgarishiga oid umumiy tamoyillarni nazarda tutadi. Ma’lumotlar bazasi (MB) etarlicha to‘la, to‘g‘ri tashkil qilinishi, hozirgi kunga doimo mos kelishi va foydalanish uchun qulay bo‘lishi lozim. Bu ma’lumotlar bir-biriga zid bo‘lmasligi zarur. Ma’lumotlarni tahrirlash, to‘latish va yo‘qotib tashlash |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling