Bazasi boshqarish


Taqsimlangan ma’lumotlar bazasida parallеlashtirish nazariyasi


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Taqsimlangan ma’lumotlar bazasida parallеlashtirish nazariyasi 
va amaliyoti 
OLTP va OLAP-ni qo‘llab-quvvatlash - Onlayn tranzaksiyalarni 
qayta ishlash (OLTP) va onlayn analitik ishlov berish (OLAP) 
ma’lumotlar 
almashinadigan 
heterojen 
tizimlarda 
ishlaydi. 
Taqsimlangan ma’lumotlar bazalari sinxronlashtirilgan ma’lumotlarni 
taqdim etish orqali ushbu qayta ishlashga yordam beradi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqaruv tizimida qo‘llaniladigan keng 
tarqalgan usullardan biri bu taqsimlangan ma’lumotlar bazasida 
parallelashtirishda amallari hisoblanadi. Ma’lumotni replikatsiya 
qilish har qanday ma’lumotlar bazasi buzilgan taqdirda avtomatik 
ravishda ma’lumotlarni tiklashga yordam beradi. Zarar ko‘rgan 
ma’lumotlar bazasini paralleshtirish usullari yordamida boshqarish 
paytida 
foydalanuvchilar 
boshqa 
ma’lumotlar 
bazasidan 


164 
ma’lumotlarni olish imkoniyati mumkin. Shunday qilib, ma’lumotlar 
bazasining buzilishi foydalanuvchilar uchun deyarli ko‘rinmasligi 
mumkin. 
Ko‘pgina foydalanuvchilar har xil ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimlaridan foydalanadilar, ular esa har biri o‘ziga xos 
ma’lumotlar bazasini saqlaydi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish 
tizimlari bir xil ma’lumotlardan bir nechta platformalarda foydalanish 
uchun doimiy funksiyalarni taqdim etadi. 
Bugungi kunda aksariyat ma’lumotlar bazasi butun dunyo bo‘ylab 
jismoniy ravishda tarqalgan bir nechta bo‘linmalarga bo‘lingan. Har 
bir qurilma uchun o‘ziga xos lokal ma’lumotlar to‘plami kerak. 
Shunday qilib, biror faoliyat tizimining umumiy ma’lumotlar bazasi 
taqsimlanadi. 
Boshqaruv jarayonida tashkiliy bo‘linmalar ko‘pincha bir-birlari 
bilan aloqa qilishlari va o‘zlarining ma’lumotlari va manbalarini 
almashishlari kerak bo‘ladi. Buning uchun umumiy ma’lumotlar 
bazalari yoki takrorlangan ma’lumotlar bazalari sinxronlashtirilgan 
tarzda ishlatilishi kerak. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling