Bazasi boshqarish
SQL tilida standart va agregat funksiyalar va funksiyalar
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operator Ma’nosi Amal
SQL tilida standart va agregat funksiyalar va funksiyalar
argumentlari. Ma’lumotlar bazasi dunyosi tobora yagona bo‘lib bormoqda. Bu jarayon har-xil kompyuter muxitlarida faoliyat ko‘rsatuvchi axborot tizimlarini yaratishda qo‘llanuvchi yagona standart til yaratishni talab qildi. Standart til bir komandalar to‘plamini bilgan foydalanuvchilarga ularni shaxsiy kompyuter tarmoq ishchi stansiyasi yoki katta EHM da ishlashlaridan qat’iy nazar ma’lumotni yaratish, izlash va uzatishga imkon beradi. 166 1986 yilda, ANSI (American National Standart Institute) SQL tilining rasmiy standartini ishlab chiqdi, 1992 yil bu standart kengaytirildi. Butun til 30 ga yaqin operatorlarga ega bo‘lib, ba’zi versiyalarida sal ko‘proq, ba’zilarida sal kamroq. Har qanday MB har xil obyektlarga ega, Ya’ni jadvallar, proseduralar, funksiyalar, tasavvurlar, ketma ketliklar va xokazo. SQL tili 1 jadvalda tasvirlangan bo‘limlardan iborat. 11.1 jadval. Ma’lumotlarni aniqlash operatorlari DDL(Data Definition Language — ma’lumotlarni aniqlash tili). Operator Ma’nosi Amal CREATE TABLE Jadval yaratish MB da yangi jadval yaratish DROP TABLE Jadvalni o‘chirish MB dan jadvalni o‘chirish ALTER TABLE Jadvalni o‘zgartirish Mavjud jadval strukturasini o‘zgartirish yoki joriy jadval uchun o‘rnatilgan butunlik cheklanishlarini o‘zgartirish CREATE VIEW Tasvir yaratish Biror SQL –so‘rovga mos virtual jadvalni yaratish 11.2 jadval. Ma’lumotlarni manipulyatsiyalash operatorlari Data Manipulation Language (DMP). Operator Ma’nosi Amal DELETE Satrni o‘chirish Jadvalga bitta satrni yoki bir nechta satrni o‘chirish. Bu operatorning boshqa modifikatsiyalarida biror jadvalning bir necha stari yoki so‘rov natijasi jadvaldan o‘chirilishi mumkin. INSERT Satrni qo‘yish Jadvalga bitta satrni qo‘yish. Bu operatorning boshqa modifikatsiyalarida biror jadvalning bir necha satri yoki so‘rov natijasi jadvalga qo‘yilishi mumkin. UPDATE Satrni yangilash Bitta yoki filtratsiya shartini qanoatlantiruvchi bir necha ustunlaridagi bitta yoki ko‘proq ustunlardagi qiymatlarni almashtirish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling