Bazasi boshqarish


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Ma’lumotlar bazasi (MB) hamda ularni qidirib topish va 
saralash MBni boshqarish tizimi (MBBT) yordamida amalga 
oshiriladi. MBlari shaxsiy va jamoaviy foydalanishga mo‘ljallangan 
bo‘ladi. Jamoa foydalanadigan yirik MBlarni kuzatib borishni 
ma’lumotlar bazasining boshqaruvchisi amalga oshiradi. Bitta 
kompyuterda joylashgan lokal bazalar va bir-biri bilan bog‘langan bir 
nechta kompyuterlarda taqsimlangan bazalar farqlanadi.
Ma’lumotlar bazasini tarqatish ingl: database distribution рус: 
распространение базы данных Ixtiyoriy moddiy shaklda qayta 
ishlab chiqarilgan ma’lumotlar bazasidan foydalanishni, shu jumladan, 
tarmoq va boshqa usullar bilan, taqdim qilish. Shuningdek, sotish, 
kiraga berish, ijaraga topshirish, qarzga berish, shu maqsadlarda 
importni ham o‘z ichiga oladi.
Ma’lumotlar bazasi ma’muri ingl: database administrator рус: 
администратор базы данных Tashkilot yoki muassasa ma’lumotlar 
bazasining ahvoli, rivojlanishi va undan foydalanishga javobgar shaxs 
yoki shaxslar guruhi. Ma’lumotlar bazasi ma’muri ma’lumotlar bazasi 
faoliyatini ta’minlaydi, ma’lumotlarning to‘liqligi, to‘g‘riligi, qarama-
qarshi emasligi va butunligi hamda kerakli muhofaza darajasini 
nazorat qiladi va qo‘llab- quvvatlaydi. Dasturlari ma’lumotlar 
bazasidan 
foydalanishda 
qo‘llaniladigan 
foydalanuvchi 
va 
dasturlovchilar bilan o‘zaro ish olib boradi.
Atribut ingl: attribute рус: атрибут Xususiyat, sifat yoki miqdor 
belgisi. U makondagi obyektni ta’riflovchi (biroq uning qaerda 
joylashganligini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) va uning noyob 
soni ya’ni aniqlovchisi bilan bog‘liqlikda tasavvur qilinadi. Atribut 
ko‘rsatkichlari majmuasi odatda ma’lumotlar bazalarini relyasion 
boshqarish tizimi vositalari yordamida jadvallar shaklida taqdim 
etiladi. Kengroq ma’noda atribut deganda obyektning xohlagan, 
makondagi yoki makonda bo‘lmagan xususiyati tushuniladi; bunday 
holda makondagi atribut va makonda bo‘lmagan atribut ajratiladi. 
Makondagi obyektlarga atribut berish yoki obyektlarni atribut bilan 
bog‘lash jarayoni atributlash deyiladi.

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling