Bazasi boshqarish


Avtomatlashgan axborot tizimlari


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Avtomatlashgan axborot tizimlari 
Ko‘pgina masalalarni yechish asosida informatsiya yoki 
axborotlarni qayta ishlash yotadi. Informatsiyani qayta ishlashni 
yengillashtirish 
maksadida 
axborot 
tizimlar 
yaratiladi. 
Avtomatlashgan axborot tizimlar (AT) deb, shunday tizimlarga 
aytamizki, ularning tarkibida texnik vositalar, jumladan shaxsiy 
kompyuterlar ishtrok etadi. ATlarni keng ma’noda informatsiyani 
qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish 
sohasiga qarab, ATlar ishlab chikarish sohasida, talim sohasida, 
sog‘liqni saqlash sohasida, xarbiy sohada va boshqa sohalarda 
ishlatiladigan tizimlarga ajratish mumkin.

axborot texnologiyasi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, 
unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami 
uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;

axborot tizimi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov 
berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy 
jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot 
texnologiyalari va aloqa vositalari.
Ixtiyoriy AT izda uning ishlash jarayonini quyidagi tasvirda 
ko‘rsatamiz. Asosiy ishlar 4 ta blokdan iborat: dastlabki ma’lumotni 
kiritish, unga ishlov berish, natijaviy ma’lumotni QQ uchun 
iste’molchilarga yoki boshqa AT ga uzatish, teskari aloqani 
ta’minlash, ya’ni natijani tahlil qilib dastlabki ma’lumotlarni xodimlar
yoki boshqa AT tomonidan tuzatish. 


21 
 
1.3-rasm. Axborot tizimida jarayonlar 
Har qanday AT strukturasi, qo‘llanish sohasidan qatiy nazar, bir 
necha ta’minlovchi qismlardan iborat bo‘ladi. Ta’minlovchi qismlar 6 
xil bo‘ladi: texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy ta’minotlar. 
 
1.4-rasm. Axborot tizimi va uni ta’minlovchi qism tizimlari 
Texnik ta’minot-bu AT ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan texnik 
vositalar undan tashqari bu vositalar va texnologik jarayonlar uchun 
zarur bo‘lgan hujjatlardan iborat. Texnik vositalarga: turli modeldagi 
kompyuterlar; axborotni yig‘ish, to‘plash, qayta ishlash, uzatish va 
chiqarish vositalari; ma’lumotlarni uzatish va aloqa vositalari; 
orgtexnika va axborotni avtomatik o‘qish vositalari; turli xil xom 
ashyo va materiallar kiradi. Matematik ta’minot- bu AT ishlab turishi 
uchun zarur bo‘lgan matematik usullar, modellardan iborat. 
Matematik ta’minotga quyidagilar kiradi:


22 

Boshqruv jarayonlarini modellashtirish vositalari,

Tipik masalalarni tayyor yechish usul va vositalari (jumladan, 
matematik analiz, algebra, hisoblash usullari, differensial va integral 
tenglamalarga oid tayyor algoritm va usullar),

Matematik dasturlash, matematik statistika, ommaviy xizmat 
ko‘rsatish va h.k.larning usullari. Dasturiy ta’minot - bu AT ishlab 
turishi uchun zarur bo‘lgan algoritmlar, dasturlardan iborat. Axborot 
ta’minot - bu AT ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan axborotni yagona 
(unikal) klassifikatsiyalash va kodlash usullari, unikal (yagona, 
normativ) hujjatlar majmui, hujjatlar oqimining harakat marshrurtlar 
sxemasi, MB tuzish texnologiyasidan ibortdir. Tashkiliy ta’minot- bu 
AT ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan xodimlarning o‘zaro va texnik 
vositalar bilan munosabatlarini aniqlovchi usullar va vositalardan 
iborat. Tashkiliy ta’minot quyidagilardan iborat:

AT o‘rnatiladigan korxonaning mavjud boshqaruv tizimining 
tahlili, avtomatlashtirilishi zarur bo‘lgan masalalarni aniqlash,

Masalalarni kompyuterda yechishga tayyorlash. Bunga AT ni 
texnik loyihasini tuzish uchun topshiriq va ATni foydaliligini 
texnikiqtisodiy jihatdan asoslash ham kiradi.

Tashkilotning tarkibi va strukturasi haqida boshqaruv qarorini 
ishlab chiqish, tashkilot boshqaruv tizimini foydaliligini oshirishga 
qaratilgan masalalarni yechish metodologiyasini ishlab chiqish.
1. Axborot tizimi
2. Texnik ta’minot
3. Matematik ta’minot
4. Dasturiy ta’minot
5. Axborot ta’minoti
6. Tashkiliy ta’minot
7. Huquqiy ta’minot
Huquqiy ta’minot- bu AT ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan huquqiy 
normalar bo‘lib, AT ni yaratish, faoliyat ko‘rsatish, axborotni olish
ishlov berish va foydalanish qoidalarini aniqlab beradi. 


23 
 
1.5-rasm. Axborot tizimlari klassifikatsiyasi 
AT lar bir necha belgilar bo‘yicha klassifikatsiyalanishi mumkin:
1) yechiladigan masalalarning strukturalanishi (formalizatsiya 
qilinish darajasi) bo‘yicha: strukturalanadigan (formalizatsiya 
qilinadigan), strukturalanmaydigan (formalizatsiya qilinmaydigan), 
qisman strukturalanadigan (qisman formalizatsiya qilinadigan);
2) funksional belgi va boshqaruv darajalari bo‘yicha: ishlab 
chiqarish, marketing, moliyaviy, kadrlar axborot tizimlari, strategik, 
funksional, operativ axborot tizimlari;
3) avtomatizatsiya 
qilinish 
darajalari 
bo‘yicha: 
dastaki, 
avtomatlashgan, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari;
4) foydalaniladigan axborotni xarakteri bo‘yicha: axborot-qidiruv 
va axborot-yechuvchi axborot tizimlari;
5) Qo‘llanish sohalari bo‘yicha: tashkiliy-boshqarish, texnologik 
jarayonlarni 
boshqarish, 
loyihalashni 
avtomatlashtiruvchi, 
integrallangan (korporativ), ta’lim, ilmiy ishlarni avtomatlashtiruvchi, 
geografik ...axborot tizimlari. AT larda yechilishi mumkin bo‘lgan 
masalalarni 3 turga bo‘lish qabul qilingan: strukturalanadigan 
(formallashtiriladigan) 
masalalar, 
strukturalanmaydigan 
(formallashtirilmaydigan) masalalar va qisman strukturalanadigan 
(qisman 
formallashtiriladigan) 
masalalar. 
Strukturalanadigan 
(formallashtiriladigan) masalalar-masalaning barcha elementlari 
orasida 
matematik 
bog‘lanishlar 
aniq. 
Strukturalanmaydigan 
(formallashtirilmaydigan) masalalar- masalaning barcha elementlari 
orasida matematik bog‘lanishlar aniqmas. Qisman strukturalanadigan 
(qisman 
formallashtiriladigan) 
masalalar- 
masalaning 
ayrim 
elementlari 
orasida 
matematik 
bog‘lanishlar 
mavjud 
xolos. 


24 
Strukturalanadigan masalalarda masala matematik modellar orqali 
bayon etiladi va yechimi uchun aniq algoritm va dastur ishlab chiqish 
mumkin. Bunday AT larda ishlash to‘la avtomatlashlashgan bo‘ladi va 
xodimning ishtiroki juda past. Strukturalanmaydigan masalalarda 
masala uchun matematik modellar tuzish mumkin bo‘lmaganligidan, 
algoritmlar ishlab chiqish juda qiyin.  

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling